📖 Hikoyalar

Yolgonchi onamni sogʻindim

4.5K marta oʻqildi
Yolgonchi onamni sogʻindim
Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolgʻiz qolishidan qoʻrqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin, deb boshqa ayolga uylanishga majbur boʻldi.
Oradan bir necha kun oʻtgach ota farzandini bagʻriga bosib, erkalab:
– Toychogʻim, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor,-deb soʻrab qoldi.
Bola juda xam begʻuborlik bilan javob berdi:

– Xaqiqiy onam menga yolgʻon gapirardilar, ammo ikkinchi onam aldamaydilar, xamma aytganlarini qiladilar.
Ota taajjublanib soʻradi:
– Qanaqasiga, bolajonim?
Oʻgʻil:
– Oʻynab oʻtirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga:
"Agarda quloq solmaydigan boʻlsang, senga ovqat bermay qoʻyaman", derdilar, ammo gaplariga parvo xam qilmasdim. Chunki gaplari yolgʻonligini, baribir meni och qoldirmasliklarini bilardim. Baʼzan, koʻchada koʻp oʻynab qolib ketsam, chiqib meni koʻchama-koʻcha izlardilar, topganlaridan keyin esa yuz koʻzlarimdan oʻpib, meni uyga olib kelib, mazali taomlar berardilar.

Endi esa yangi onam, "agar oʻyinni bas qilmasang senga ovqat yoʻq", dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim, dada....!
Menga yolgʻonchi onamni qaytarib bering, iltimos, dada! Yolgʻonchi onamni juda-juda sogʻindim! - deya yigʻlab yubordi...
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.