Hazonli kunlar. Tuzoq... 1-qism

Ishdan charchab kelgan Shuxrat aka mexmonhona sari yoʻl oldi. Ichkariga moʻralar ekan, xozirgina mexmonlar kelib ketganini sezdi, chunki xali dasturhon egʻib olinmagan edi. Oʻz honasiga kirar ekan, eshik ogʻzida Mexri hola unga peshvoz chiqdi.
-Yahshi keldingizmi dadasi.
-Yahshi raxmat,oʻzlaring tinch oʻtiribsilarmi?
-Raxmat, yahshi. Ovqat suzaveraymi?
-Xa,mayli, men kiyinib chiqay, aytgancha, uyga u-bu kim keldimi?
-Xaya, esim qurisin, qizimiz Sarvihonga sovchilar kelishgandi.
-Hoʻsh, kimlar ekan?
-Dasturhon boshida bafurja gaplashamiz, Sarvihon bugun Nortoy amasinikiga ketgan, yangasi chaqirib oldi.
-Mayli, tezroq boʻl, -deya Shuxrat aka kiyimlarini almashtirib, televizior qarshisiga oʻtirdi. Pulʼtni bosib almashtirar ekan, bolalari termulib turardi. Katta oʻgʻli Fayz 9-sinfda oʻqigani bilan televiziorga , umuman xechnimaga qiziqmaydi. Ammo ikki kichik qizlari seriallarning dodini beradi.
Oila aʼzolari bilan kechki ovqatni qilib boʻlishgach, Mexri hola bolalarini boshqa honaga dars qilinglar deb chiqarib yubordi. Shuxrat aka ichiga sigʻmay soʻray boshladi.
-Sovchilar kimlar ekan?
-Toʻrt maxalla narida turarkan. Dugonamning qoʻshnisi emish.
-Qizingni qanday tanlabdi, kuyov oʻqirmikan?
-Qaydam, oʻgʻillari oʻqimasmish, Rossiyaga borib kelarmish, oyogʻini erga tekkizdirmay maqtadi oʻziyam.
-Qiziqsanda, onasi, qaysi sovchi boʻlajak kuyovning kamchiliklari xaqida gapiradi, xammasi maqtab, toʻydan keyin isitmasi chiqadi. Hoʻsh, nima deding?
-Men sizdan oʻtib nima xam derdim, dadasi bilan gaplashaylik,maslaxatlashaylik,keyin bir gap boʻlar dedim.
-Toʻgʻri qilibsan, bu umr savdosi, adashishga xaqqimiz yoʻq. Qizimizni oʻqishga qoʻyolmadik, kelajagini puhta oʻylashimiz kerak.
-Kuyinmang dadasi, bir gap boʻlar,mana bu kuyov bolaning rasmi,yoʻq deyishimga qaramasdan tashlab ketdi, -deb Mexri hola rasmni qoʻydi. Shuxrat aka rasmni sekin oldi va qaradi.
-Yomon bolaga oʻhshamaydi, yana kim bilsin, surtning tili bormi.
-Qizimizning xam yoshi yigirma ikkiga etay deb qoldi. Xa deganda sovchi kelmaydi, odamlar obro' va mansabparast boʻlib ketgan dadasi.
-Kuyinma, sizlarni xech narsaga zoriqtirib qoʻyganim yoʻq, uch qizim, oʻgʻlim va sen uchun borimn beraman. Qizing juda odobli, koʻz tegmasin onasi.
-Xaaaaaaa, nimasini aytasiz, dugonalariga oʻhshab iqing-shiqingni, pardoz-andozni, bundoq tuzuk kiyinishniyam bilmaydi. Shunga aytaman,oʻzinga qarab yur, uyoq-buyoqqa yur, seniyam yigitlar koʻrsin, tanishsin, yoʻq, bilganidan qolmaydi, nimamish, ersirab qolmadim, kerak boʻlsa oʻzlari topishsin, borimcha qabul qilishsinmish. Shu sovchilarga rad javobini bermaslgimiz kerak.
-Shoshilma onasi, qizingni koʻp izza qilma, koʻnglini ranjitma, ammo sovchilar borasida shoshilmasdan yoʻl tutish kerak,sen ertaga borib, oʻsha oilani maxallasiga borib surishtirgin, soʻrab bilgin.
-Bir kami izquvarlik qilishim qolgan edi.
-Nima, unda koʻrmagan, bilmagan odaminga ma deb qoʻsh qoʻllab topshirasanmi qizimizni, borasan, tamom, -deb Shuxrat aka biroz gʻazablandi.
-Mayli, borganim boʻlsin, faqat siz gʻazablanmang dadasi, -deb dasturhonlarni egʻishtira boshladi...
........................
-Assalomu alaykum onajon.
-Va alaykum assalom, keldingmi Sarvihon qizim, yangalaring yahshimikanlar?
-Yahshi, raxmat, salom aytib yuborishdi.
-Salomat boʻlsin, qizim, kel oʻtir yonimga, senda gapim bor, -deb Mexri hola Sarvihonni yoniga imladi. Sarvihon onasining yoniga oʻtirrkan,onasining nima demoqchiligini sezib turardi.
-Qizim, qiz bola birovning hasmi, mana kap-katta qiz boʻlib qolding, dugonalaring xam...
-Boʻldi, etar ena, faqat dugonalaring allaqachon turmushga chiqib, farzandli boʻlib ketishgan demang, -deya Sarvihonning koʻzlarida yosh qalqidi.
-Sarvihon, jonim qizim, men unaqa demoqchimasdim, ammo sen xam bizni tushun, otang bilan bahtingni oʻylaymiz, sovchilar toʻkilib kelganda xam rayingni qaytarmay uzib yubordek, mana bir yildan oshdi, sovchilarning qadami uzildi.
-Men nima qilay ena, sovchi kelmasa, uyiga kirib boraymi?
-Unaqa dema, qizim,kecha senga sovchilar kelishdi. Yigit sendan uch yosh katta ekan, Rossiyaga borib kelar ekan, moshinasi xam bor ekan.
-Moshinasi oy koʻrsatarmidi, ena, qiziqsizda.
-Bir daqiqa chagagingni oʻchirib tur, gapirib olay. Hullas, oʻsha bolaga seni uzatamiz.
-Tanimagan, bilmagan odamga-ya?
-Tanmasang tanishasan, ma, ol, bu kuyov bolaning surati. Men ketdim, maxallasidan borib surishtiraman, kelgunimcha ovqat qilib qoʻy, otang ishdan kep qoladi, -deb suratni qoʻydi-da, sovchilarning maxallasiga qarab yoʻl oldi. –Xa, aytgancha, yigitning ismi Ilyos, esingdan chiqmaydi-ya, -deb qoʻshib qoʻydi. Sarvihon bu safar onasining rayini qaytarolmasdi, chunki unga allaqachon boshqalar qariqiz sifatida qaray boshlagan edi. Chunki qishloqlarda qizlarni oʻn sakkiz yoshligidan turmushga berib yuborishar edi. U suratni olib, boʻlajak kuyovga nazar tashladi. Kelishgangina koʻrinib turgan yigit suratda jilmayib turardi. Sarvihon bir muddat tikilib, ichidan bir oʻy oʻtdi, “Qiziq, shunday kelishgan bola nima uchun xaliyam uylanmagan, yo mening taqdirimmikan”, -dedi-yu, oʻzining xayolidan oʻzi uyalib,yuzlari duv qizardi, ammo yuzida ajib bir tabassum mavjud edi...
.....................
Mexri hola kuyovbola yashaydigan maxallani qidirib topdi va koʻchadan duch kelgan birinchi ayoldan surishtirishga tushdi:
-Kechirasiz, opa, mumkinmi sizni?
-Hoʻp, gapiring.
-Opa, shu maxallada Gulnor ismli ayol bor, oilasini taniysizmi?
-Xa, Shavkat akaning oilasinimi? Taniyman, tinchlikmi oʻzi?
-Havotir olmang, shunchaki oʻsha oila oʻgʻlidan qizimga sovchi boʻlib borgan edi. Oʻshanga bir soʻrab-surishtiray degandim, oʻzingiz bilasizku,tanimagan, bilmagan oilaga qiz berib boʻlmaydi.
-Endi singlim, bu avvalo taqdir.
-Shundayam soʻragan yahshida, oilasi qanday oila?
-Bir nima deyishim qiyin, yahshisi siz yaqin qoʻshnilaridan soʻrang, men yahshi bilmayman, bilganim shuki, Gulnorhonning sal jaxli tez, yana bilmadim.
-Mayli, raxmat opa.
-Hoʻp singlim, faqat yahshilab surishtiring, umr savdosi oʻyinmas, -dediyu yoʻlida davom etdi. Mexri holani notanish ayolning soʻngi soʻzlari biroz koʻngliga gʻashlik solib qoʻydi…
Maxalladan soʻrab-surishtirib kuyovbolaning yon qoʻshnisining uyini taqillatdi. Eshikni bir yosh juvon ochdi va Mexri holani kutib oldi.
-Keling hola.
-Qizim, yahshimisiz?
-Yahshi,raxmat. Oʻzingiz yahshii? Kiring uyga.
-Raxmat, men birrovga keldim, shu Shavkat akaning oilasi xaqida surishtirib kelgandim, qizimga sovchi boʻlib borishgan, faqat toʻgʻrisini ayting, iltimos, oilasi qanday oila?
-Hola, nima desam ekan, oʻgʻli yahshi bola, faqat… nima desam ekan…
-Yashirmasdan aytavering, nima gap?
-Gulnor opaning harakteri engilroq. Ammo oilasi oʻziga toʻq yashashadi.
-Hoʻp, mayli raxmat, men boray, -deb Mexri hola maxlladagilarning yana bir nechtasidan soʻrab surishtirdi. Aksariyat odamlar oilaning oʻziga toʻqligini aytish bilan barobarda kuyovning onasi Gulnor opa xaqida birdek javob, harakteri engil, biroz janjalkash ekanini aytib oʻtdi, ayniqsa, oʻsha birinchi opa «Yahshilab surishtiring» degan gapi uning quloqlaridan ketmasdi. U shularni oʻylab, uyiga qaytib keldi…
……………………
-Dadasi,surishtirib keldim.
-Hoʻsh, nimalar deyishdi?
-Oilasi oʻziga toʻq deyishdi, ammo Gulnor opaning harakteri engilmish.
-Unda nima qilamiz.
-Bilmasam, shu sovchilarga xam rad javobini bersak, qizimizni yana bir marta choʻktirgan boʻlamiz, shundogʻam kechalari baʼzida yigʻlab chiqadi.
-Unda qizing bilan gaplash, yigit bilan uchrashsin, yoshlarning oʻziga qoʻyib beraylik. Gulnorhonniyam koʻrolmaydigan bordir, xozir nima koʻp, oʻziga toʻq oilalarni koʻrolaydiganlar koʻp. Ertaga sovchilar bilan bogʻlan, yigit bilan uchrashsin, bu umr savdosi, bunda uyalish kerakmas.
-Hoʻp, aytaman, aytgancha, negadir sovchilikka kuyovning onasi kelmadi, holasi va ammasi kelibdi. Gulnor opaning ishlari koʻpmish, ular agar biz rozi boʻlsak, ular toʻyni ikki xaftaning orasida oʻtkazivorarmish, kuyovbola esa uch oy oʻtib yana Rossiyaga ishga ketarmish.
-Buyogʻibir gap boʻlar, avval yoshlarning qarorini kutaylik, -deya ular oʻzaro maslaxatlashib olishdi…
………………..
Erta tongdan uchrashuv taradudi bilan band boʻlgan Sarvihon xali xamon xayajonda. Tuni bilan mijja qoqmasdan xayolar ogʻushiga choʻmgan qizning xayolida nomaʼlum yigit yashar edi. Xali kurtak yozib oʻlgurmagan muxabbat darahtining soyasi ularning olovli qalbiga orom bagʻishlardi. Xayolot botqogʻiga botgan Sarvihonni onasining tergashlari oʻziga keltirar, unga vaqt tobora yaqinlashyotganini eslatib shundogʻam entikib borayotgan yuraklarini yanada entiktirardi.
-Xoy qizim, boʻlasanmi yoki yigitning kutib-kutib qaytib ketishini hoxlaysanmi?
-Ena, boramanda oʻsha uchrashuvga, kutsa kutar, besh-oʻn minut kutsa nima boʻlibdi.
-Xa sen qiz, shu bemalolligingni deb doim dugonalaringdan orqada yurasan.
-Uffff, yana shu gapmi, bormayman uchrashuvingizga.
-Sochingni yulaman, bormay koʻrchi, -deb tashqarida yurgan Mexri hola koʻzguning oldida turgan qiziga javrardi. Sarvihon koʻzguda oʻzini yana bir bor taftish qilib, uchrashuvga otlandi. Mexri hola xovlida qizini uchratib qoldi va bir muddat tikilib qoldi, umuman pardoz-andoz qilmaydigan qizining biroz oʻziga oro bergani xam uni xusnu jamolini ochib yuborgan edi.
-Vooooooyyy, qizim, oʻzingmisan?))), -xayrat bilan boqdi onasi.
-Uyaltirmang, -duv yuzlari qizardi Sarvihonning)).
-Malikalardek ochilib ketibsan, shunday chiroying bor ekan, nega buni vaqtliroq koʻz-koʻz qilmading, -dedi xazil aralash onasi.
-Kech boʻldi deysizu yana oʻzingiz gapga solib oʻtiribsz-a ena? Boraymi yo ikkalamiz didiyolashib turaveramizmi?
-Booor, boraqol jonim bolam, bahting ochilayotgani rost boʻlsin, shunday bahtli boʻlginki, dugonalaring…
-Enaaaaaa, men ketdim, bilaman, dugonalarim oilali, bola-chaqali, -degancha eshikka qarab yoʻl oldi , Sarvihon…
………………………….
Uncha katta boʻlmagan hiyobon, bog'… Atrofda elas-elas shamol, kech kuzning hazonli kunlari, darahtlar allaqachon barglarini toʻkib, osmonga qor elchilari qargʻalar kelib boʻlishgan. Qoʻlida oʻrtacha guldasta bilan Ilyos u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurib, Sarvihonni kutar edi. Sekin qadam tashlab Sarvihon Ilyos tomon kela boshladi, nigoxini erga qadagancha sekin qadamlar tashlab, yigit tomon kelayotgan qizning ibosi bu paytda ikki karra goʻzallashib borardi. Nixoyat yuraklar orzuqib kutgan onlar, koʻzlar koʻzga tutashuvi, kipriklarning muxabat nishini otishlari, lablarning xayajondan titrashi, yuraklarning tez va shiddatli urushi…
-Assalomu alaykum, -yurak yutib salom berdi Sarvihon.
-Va alaykm assalom. Yahshimisiz Sarvihon, -duduqlandi Ilyos.
……… (Sarvihonda jimlik va xayajon)
….MMMM , nimaydiya, xaligi, xa, aytgancha, mana bu gullar sizga, -xayajondan qaltirayotgan Ilyos gulni Sarvihonga tutqazdi. Sarvihon qoʻllarini oxistagina Ilyos tomon uzatdi, oʻshandagina taftli barmoqlar ilk bora bir-biriga soniyalar orasida talpingan edi.
-Raxmat…
-Yahshi, i yoʻgʻe, arzimaydi. Yuring, biron joyga oʻtiramiz, -dedi Ilyos oʻrindiqlaring birini koʻrsatib, chunki atrofda na kafe bor, na boshqa. Ular oʻrindiqqa omonatgina oʻtirishdi. Ikki yosh besh daqiqalarcha jim oʻtirishardi. Nixoyat, bu sukutni Ilyos buzishga kuch topdi.
-Men Ilyosman,yoshim 24 da. Uylanmaganman, ammo endi vaqti keldimi yo bilmadim, ammo vaqti keldi menimcha, siz nima deb oʻylaysiz?, -dedi Sarvihonga. Kutilmagan savoldan gangib qolgan Sarvihon yalt etib Ilyosga qaradi. –Uuuuuzz..uzzrr, bunaqa demoqchi emasdim, oila qurish vaqtim keldi, shunga sizni menga olib berishmoqchi, aniqrogʻi sizga uylanmoqchiman, -dedi talvasalanib Ilyos. Ilyos xali shu vaqtgacha bir qizning qoʻlini tutib koʻrmagan, xalol, mard va juda hokisor yigit edi. Uning koʻrinishi xar qanday qizni oʻziga jalb etishga qodir, oʻtli nigoxlari, baland boʻyi, qomadi, hullas, alp yigitdek hushsurat edi. Qizigʻi bir joyda, nima uchun shunday yigit oʻzidan bor-yoʻgʻi ikki yosh kichik qizni-Sarvihonni tanladi, aniqrogʻi tanlab olib berishmoqda. Sarvihondan xam yosh va goʻzal qizlar Ilyosga jon tegib tegishga rozi boʻlishi koʻrinib turardi. Mexri opani mana shu narsa jiddiy oʻylantirayotgan edi…
-Men otam va enam aytgan va hoxlagan yigitga turmushga chiqaman, ular rozi boʻlishsa boʻldi, dedi Sarvihon. Avvalari uni oʻpoq, buni soʻpoq deb baxona qilgan qiz xam Ilyosning koʻrinishidan soʻng unga orqavotdan rozichilik berib qoʻygan edi. Ilyos xamon erga tikilib turgan Sarvihonga boqib, uning oʻtli va chiroyli koʻzlariga, yuziga qarab xayolotga choʻmib ketdi.
-Unda men ammamlarni yana joʻnataman, -deb oʻzaro suxbatlashar edi. Uch soatga yaqin ular oʻzaro suxbatlashib, bir-birini maʼlum darajada oʻrganishgan edi, xar ikkalasida xam istak va hoxish paydo boʻldi…
Ketar chogʻda Ilyos Sarvihonga:
-Bilasizmi, Sarvihon, nima boʻlganda xam siz yahshi qiz ekansiz, oila bu oʻyinchoq emas, uni qurish emas, qurgandan keyin mustaxkamlash , xar hil mayda narsalarga eʼtibor bermaslik kerak, nima boʻlganda xam men sizni avaylab-asrashga vaʼda beraman-dediyu yoʻliga ravona boʻldi. Ilyosning soʻngi soʻzlari Sarvihonga katta dalda boʻlgan edi…
……………………..
Ikki tomon kelishib, ikki yoshning boshini biriktirish maqsadida fotixa kunini xam belgilashdi. Oradan uch kun oʻtib ikki tomondan qarindoshlar egʻilishib fotixa toʻyini boshlab yuborishdi. Bu orada ikki yosh ettinchi qavatlarda uchar, betinim telefon orqali uzodan-uzoq suxbatlashardi. Fotixa kunining ertalabi Sarvihonlarning uyida bayram, quda tarafdan mexmonlar kelishadi, eng asosiysi umuman koʻrinish bermagan «noyob» inson-qaynona kelishi kerak. Xamma hizmatda, kimdir dasturhon tayyorlasa, kimdir choy qaynatyapti, kimdir ovqat pishiryapti, hullas, tayyorganlik avjida.
Kelishdi –kelishdi, boʻldi-yu, honadon egalari koʻchaga chiqishdi, mashinalarda kuyov tarafdan qudalar kelishibdi. Mexri holaning ogʻzi qulogʻida, u, nixoyat qizini turmushga beryapti. Qudalar birin-ketin salomlashib, xovliga kira boshlashdi. Mexri hola ular bilan quyuq soʻrashgandan keyin ichkariga boshladi. Oʻta shinam boʻlmagan honalarga joylashgan qudalar honaga razm sola boshlashdi. Qiziq, kim Ilyosning onasi boʻlsa? Mexri hola ayollarga nazar sola boshladi. Deyarli, barchasi notanish, faqat sovchilardan tashqari.
-Hush kepsizlar, qani dasturhonga marxamat.
-Hushvaqt boʻling egachi.
-Aybga buyurmaysizlar, kuyovning onasi qay biringiz,nixoyat soʻradi Mexri hola.
-Men kuyovning onasi.
-Xa-ya, qudajon, yahshimisiz?
-Qanaqa qudajon? Maxallamga borib eshikma-eshik surishtirib, nomimni qora qilib yana qudajon deysizmi?, -dedi Ilyosning onasi Gulnoropa. Bu javobdan xayratga tushgan Mexri holaning ustidan bir chelak chovuq suv qoʻyib yuborgandek boʻldi.
-Xaligi… Men, shunchaki surushtirdim, tanimasam, bilmasam, buning nimasi yomon quda?
-Huddi qizingiz malikayu siz surishtiring. Menku sovchilaga qoʻshilib kelay dedim, qoʻyishmadi. Yashashlaringizam yahshimas, meni aldab koʻndirdi. Bolamning bahtini bersinu, ammo tengimiz emassizlar,dedi Gulnor opa.
-Xoy, jim, boʻldi qiling, uni niqtadi yonidagi qudalar.
-Xoy egachi, uzr, hafa boʻlmang, Gulnorhon oʻzi judayam mexribon ayollar, faqat ertalab uyida biroz hafalashuv boʻldi, shunga kayfiyati yoʻq, -deya yuvgan kishi boʻldi. Suvga tushgan lattadek boʻlib qolgan Mexri xola honadan chiqar ekan, atorfdagi toʻy unga tatimasdi, Gulnor opaning zaxarhanda gaplari uning miyasidan ketmas, tinmay aylanardi. U erini bir chetga tortib boʻlgan voqeani aytib berdi.
-E, shunga shunchami? Xa sovchilikka olib kelmaganiga dili ogʻrigandirda. Kel, qoʻy onasi, qizimiz hursand, kuyovni maqtashyapti. Boʻlar ish boʻldi, eng yomoni fotixasi buzulibdi degan gap, buyogʻi Hudodan dedi Shuxrat aka… Ammo Mexri holaning ichiga katta gʻam, qaygʻu tushgan edi, bu xam boʻlsa qizining qaynonasining gaplari…
……………………..
Oradan kunlar oʻtib, noyabrning yigirmalarida Ilyos va Sarvihonning toʻylari xam oʻtdi. Sarvihoning onalari qizini oʻzga uyga kelin qilib olib kelishib, unga baht tilagancha uylariga qaytib ketishdi. Xammasi oʻshandan boshlandi. Sarvihoning murgʻaqalbiga katta olov, gʻam va dard kirib bordiki, u ohir- oqibat xayotning sinovlarini koʻra boshladi…
Toʻydan ertasi ertalab Sarvihon xovlilarni supurib, ertalabga choy qoʻyishga tushdi. Uyda katta kelin, bir qaynsinglisi-6 sinfda, ikki qaynukalari, qaynona va qaynota yashashar edi. Xali qaynonalar dasturhon boshiga yigʻilmagan edi, Sarvihon qaynagan choyni plitadan olib, choynakka quruq choy soldi va ustidan issiq suvni soldi. Sha payt qaynonasi Gulnor opa kelib qoldi.
-Assalomu alaykum ayajon (taʼzim qila boshladi Sarvihon).
-Va alaykum (oʻta qoʻpol ovozda), kelinposhsha menga ortiqcha mulozamatingning keragi yoʻq, -dedi jerkigan oxangda. Toʻsatdan sansirab ushqirgan qaynonasining sovuq nigoxi Sarvihonni esankiratib qoʻygan edi. –Kelin, meni eshit, seni ammalari topib berishgan, men sendaqa zoti pastlar bilan quda boʻlaman deb koʻzim uchib turmagandi, oʻgʻlim bir yigit, guldek qizlar tegadi, sendek qari qiz uning tengimas, agar shu honadonda oʻni
guldek qizlar tegadi, sendek qari qiz uning tengimas, agar shu honadonda oʻnib-oʻsay desang, aytganlarimni qilasan, toʻyga qancha harajat qilganimizni sen qayoqdanam bilarding, -dedi dasturhon boshiga oʻtirdi. Bu orada oilaning boshqa aʼzolari xam kelib joylashdi, xamma dasturhon boshiga yigʻilgach, Sarvihon honasiga kirib qaynonasining ilk «Syurpriz gap»laridan alam bilan yigʻlay boshladi. Shirin orzular ustiga qurilgan oilasi, xali xam ishonolmayotgan kelishgan turmush oʻrtogʻi bir soniya orasida huddi oʻshalmas orzu, sarobga aylangan xayotdek edi. Uning ilk kelinlik kuni qon yigʻlash bilan boshlandi, ammo bu intixo (tugash) mas, ibtido (boshlanishi) si edi. Uni xali oldinda ming mashaqqat va azoblar kutar edi..

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!