🍛 Taomlar

Xonaki suharik

4.8K marta oʻqildi
Xonaki suharik
Koʻpchiligimizga maʼlum, xozirda doʻkonlarda turli taʼmli non suhariklari (kirieshkalar) sotiladi. Bolalarimiz ularni yahshi koʻrib isteʼmol qilishadi. Lekin ularning xajmi kam. Bolalarimiz 1-2 qutisiga tuyishmaydi. Farzandlarimizni yanada hursand qilish uchun biz suhariklarni uy sharoitida tayyorlaymiz.

Kerakli masalliqlar:

1. Non - 2 ta.
2. Rollton kukuni - 1 osh qoshiq.
3. Olivka (oʻsimlik) yogʻi - 2 osh qoshiq.

Xonaki suharik
Tayyorlash:

Non mayda kubik xolida toʻgʻraladi.

Toʻgʻralgan non duhovka listiga solinib, oldindan qizdirilgan gaz pechiga qizargunicha (10 daqiqagacha) qoʻyiladi.

Xonaki suharik
Pechdan olinib, katta idishga solinadi va rollton kukuni, yog' qoʻshilib, aralashtiriladi.

Issiq xolida 15-20 daqiqaga oʻrab qoʻyiladi.

Xonaki suharik
Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Balish
Taomlar

Balish

3-oktabr, 20189.2K