Koʻk somsa

Kerakli masalliqlar:
1. Yogʻli qoʻy goʻshti - 0,5 kg.
2. Koʻkatlar (ismaloq, yalpiz, jandiq, motor)
3. Kartoshka - 7-8 dona.
4. Un - 1 kg.
5. Omuhta yog' - 150 gr.
6. Tuz va ziravorlar.
7. Qatiq - 0,5 piyola.
Tayyorlanishi:
Omuhta yog': qoʻyni charvi (ichak va pochka yoni) yogʻlari eritiladi. 100 gr erigan qoʻy yogʻiga 50 gr qizdirilgan pahta yogʻi qoʻshiladi.
Undan oʻrtacha yumshoqlikda shoʻr suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qoʻyiladi.

Koʻkatlar tozalanib, kartoshka va goʻsht kubik qilib toʻgʻraladi. Tuzi rostlanadi.

Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib oʻraladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qoʻyiladi.

Hamir muzlatkichdan olinib, boʻlaklarga boʻlinadi. Va boʻlakchalar cheti joʻvalanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl oʻrtasini joʻvalamaslikka xarakat qilish lozim.

Soʻngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Somsaga shakl berish sizning fantaziyangizga bogʻliq. Listga terilgan somsalar ustiga qatiq surtib, murch sepiladi.

Va oldindan qizdirilgan gaz duhovkasida qizargunicha pishiriladi.
Yoqimli ishtaxa!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!