🍛 Taomlar

Gulkaram shoʻrva

3.2K marta oʻqildi
Gulkaram shoʻrva
Masalliqlar:
1. Gulkaram - 1 kg.
2. Goʻsht - 500 gr.
3. Piyoz - 1 bosh.
4. Sabzi - 2 dona.
5. Kartoshka - 3 dona.
6. Tuz - taʼbga koʻra.
7. Zaravorlar.
8. Koʻkatlar (piyoz va kashnich).

Tayyorlash:
Mol yoki qoʻy goʻshtining yogʻliroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qoʻshib qaynatiladi, soʻngra gulkaramning gul shohlarini oʻzagidan ajratib, kubik shaklida toʻgʻralgan sabzi bilan birga qaynab turgan shoʻrvaga solib pishiriladi. Shuningdek, shoʻrvaga parrak qilib toʻgʻralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa davomida miltiratib qaynatiladi. Soʻngra tayyor taomni kosalarga suzib, betiga kashnich va koʻk piyoz sepilgan xolda dasturhonga tortiladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Balish
Taomlar

Balish

3-oktabr, 20189.2K