🍛 Taomlar

Guruchli tovuq shoʻrva

4.2K marta oʻqildi
Guruchli tovuq shoʻrva
Kerakli masalliqlar:

1. Butun tovuq - 1 dona
2. Guruch - 0,5 kg.
3. Piyoz - 1 dona
4. Sarimsoq piyoz - 3-4 boʻlakcha
5. Koʻkatlar
6. Ziravorlar

Tayyorlanishi:

Tovuq goʻshti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan soʻng koʻpigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqogʻi yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi.

Guruchli tovuq shoʻrva
Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi.

Guruchli tovuq shoʻrva
Piyoz va koʻkatlar (kashnich, koʻk piez) toʻgʻraladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi.

Guruchli tovuq shoʻrva
Ziravorlardan yanchilgan kashnich urugʻi, yanchilgan qizil qalampir, tuz, hitoy tuzi, kunjut.

Guruchli tovuq shoʻrva
Tanovul qilish qoidasi:

Guruchli tovuq shoʻrva
Dasturhonga barcha koʻkatlar, ziravorlar, guruch qoʻyiladi. Kosaga maʼlum miqdorda tovuq goʻshti va shoʻrva solinadi. Tanovul qilishdan oldin, koʻkat va ziravorlar taʼbingizga qarab solinadi.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Balish
Taomlar

Balish

3-oktabr, 20189.2K