📖 Hikoyalar

Bir kechalik kelin

1 daqiqa 6.9K marta oʻqildi
Bir kechalik kelin
Toʻy juda chiroyli oʻtdi. Taomlar koʻpligidan stol oyoqlari sinay derdi. Musiqachiyu honandalar almashaverib toʻyhonani qizdirdilarki! Pullar sochildi. Xamma samimiylik bilan baht tiladi. Gullar, sharlar, raqslar. Konsertga aylanib ketdi toʻy xam. Xammaning ogʻzida toʻyning xashamatli boʻlgani muxokamasi. Kuyov uyiga borishganda xam raqs, oʻyin kulgu davom etdi…

Ertasiga kelin salom xam tugadi, sovgʻa salomlar toʻlib ketdi. Kelin ming qizargancha salom berardi xammaga.
Nikox kechasidan ikki yosh yorug' yuz bilan chiqdi. Yangalarning elkasidan tog' agʻdarilgandek boʻldi.

Chorlarda esa… Ikkinchi ovqat tortilganidan soʻng kelin dugonalari bilan oʻtirgan honada birdan qiychuv boshlanib ketdi!
Kattalar yugurib kirishganida kelin erda tipirchilab yotardi, yangasi uning tilini ushlash uchun xarakatda, dugonalari daxshatda qoʻl oyogʻini ushlab turardilar… Lekin xech kim eplolmadi… Joni uzildi!.. Chorlar azaga aylanib ketdi…

Sababini koʻp izladilar. Xech kim tagiga etolmadi. Avvaldan bor epileptik kasali qattiq xayajondan xuruj qilgani yakuniy hulosa boʻldi. Aslida esa bu bir sabab edi…

Nikox kechasi kuyov uch yil uchrashib yurgan sevgisi qiz chiqmaganidan daxshatga tushgandi. Kelin uning oyogʻiga yiqildi, yalindi, yolvordi. «Sharmanda qilmang» deb tinmay yigʻlardi. Kuyov xech kim qilmagan ishni qildi. Oʻz boldirini tilib qon chiqardi. Chunki u sevardi, telbalarcha sevardi! Alam va nafrat qalbini tilka pora qilgan kuyov honadan chiqib ketayotganida bir gap aytdi: «Iloxim, ertaga uyingdan qaytib kelmagin!». Bu soʻzlarini kelin eshitmadi. U sharmandalikdan qutulib qolganiga oʻz ichiga sigʻmasdi… Kuyovning soʻzlariga esa farishtalar omiyn degani shubxasiz…

Barcha marakalar oʻtdi, yopiq qozon yopiqligicha qoldi…

Birgina achchiq hatosi deb kuyov qargʻishiga uchragan kelinning ota-onasi, aka-ukalari esa qon yigʻlab qoldilar…

Nojoʻya bosilgan qadam asoratsiz boʻladi deb oʻylaganlar adashadi. Birovning qalbi, ishonchini suisteʼmol qilganlar ertami kech yomon xolatga tushishlari muqarrar…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Film
Hikoyalar

Film

9-mart, 20191.9K