📖 Hikoyalar

Bir boy odam masjidga kirib

2 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Bir boy odam masjidga kirib
Bir boy odam masjidga kirib, namoz oʻqibdi. Namozdan soʻng duo qilayotsa, yonida oʻtirgan bir darveshning duosini eshitib qolibdi:
– Alloxim! Qornim juda och. Menga falon taom, falon shirinliklardan yetkazgin!
Boy ichida «Bu darvesh menga eshittirish uchun ataylab ovozini chiqarib duo qilyapti. Shu narsani oʻzimga aytsa xam boʻlardi-ku. Shu qilgani uchun unga xech narsa bermayman» deb oʻylabdi (nafs ana shunday narsa, xar ishga burnini suqaveradi).
Darvesh duolarini tugatib, oʻrnidan turibdi, soʻng masjidning bir chetiga borib yonboshlabdi. Bir ozdan soʻng masjidga bir odam qoʻlida savat bilan kirib kelibdi. U toʻgʻri darveshning oldiga borib, savatni uning oldiga qoʻyibdi. Darvesh savatning ustini ochsa, duosida soʻragan taom va shirinliklar turgan emish.
Oʻtirgan joyida xamma narsani koʻrib turgan boy angrayib qolibdi.
Darvesh taomdan xam, shirinliklardan xam toʻyguncha eb, qolganini savatni olib kelgan odamga qaytarib beribdi. Xaligi odam indamay savatni koʻtarib, masjiddan chiqib ketibdi.
Boy sakrab turib, savat koʻtargan odamning orqasidan yuguribdi. Etib olgach, uni toʻhtatib, soʻrabdi:
– Siz kimsiz?
– Bir xammolman.
– Bu narsalarni kim yubordi?
– Xech kim. Oʻzim olib keldim.
– Siz boyagi darveshni taniysizmi?
– Yoʻq, tanimayman.
– Oʻzingiz tanimagan, bilmagan odamga nega shuncha narsa olib keldingiz?
Xammol kishi kulib qoʻyib, shunday debdi:
– Men bir faqir odamman. Odamlarning yukini tashib kun koʻraman. Bugun bir boy odamning yukini tashib bergan edim, juda koʻp pul berib yubordi. Hursand boʻlib, bozorga bordim, boshqa payt bolalarimga edira olmagan taomlarimni olib, uyga bordim. Rosa charchagan ekanman, ayolim ovqatni tayyorlaguncha uhlab qolibman. Tushimda Paygʻambarimiz sollalloxu alayxi vassallamni koʻrdim. U zot menga shunday dedilar:
– Mana shu masjidda bir valiy inson oʻtiribdi. U xozir mana shu taomlarni soʻrab, Alloxga duo qildi. Sen unga taomlaringdan, shirinliklaringdan olib borib, edirgin. U bu taomlardan eganicha esin. Qolganini olib kelib, oʻzing bola-chaqang bilan esang, senga barakot boʻladi. Shu ishni qilsang, jannatga kirishing uchun kafil boʻlaman.
Men uygʻondim-u, taomlarni olib, masjidga yugurdim. Bor gap shu. Qolgan gapni oʻzingiz koʻrdingiz.
Boy undan «Shu qilgan bozor-oʻcharingga qancha ketdi?» deb soʻrabdi. Xammol faloncha ketganini aytibdi.
– Shu pulning oʻn baravarini beraman. Shu savobning bir boʻlagini menga ber! – debdi boy.
– Boʻlmaydi, – debdi xammol.
– Yigirma baravarini beraman.
– Boʻlmaydi.
– Ellik baravar!!!
– Yoʻq.
– Yuz!!!...
Xammol boyga shunday debdi:
– Bekorga ovora boʻlmang, qancha bersang xam, savobimni sizga bermayman. Ahir Paygʻambarimiz alayxissolatu vassalom menga bu ishim uchun jannatni vaʼda qildilar. Siz menga butun dunyoni bersangiz xam, men sizga bu neʼmatni bermayman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!