📖 Hikoyalar

Kalit nega eshikni ochmayapti?

3 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Kalit nega eshikni ochmayapti?
Bu voqea 1979 yilda yuz bergandi. Oʻn toʻrt yoshlarda edim. Onam koʻchada kalitni yoʻqotib uyga kelibdilar. Kalitning bir nushasi otamda edi. Otam bozorda savdogarlik qilardilar. Men bir yugurishda bozorga borib otamdan kalit nushasini olib, kalit yasovchi usta aqlli amakiga olib borib nusha yasattirib uyga chopishim kerak edi. Nega "Aqlli amaki” deysizmi? Xoji Ismoil Taqirbosh amakimizning qoʻlidan xamma ish kelar, faqat kalit yasovchi usta emasdi.

Maxalimizning raxbari edi. Qaerda biror kam-koʻst boʻlsa, qandaydir maslaxat kerak boʻlsa: "Aqllini chaqiring!” deyishardi. Insonlar undan xar doim maslaxat, biror ish boshlashdan avval fikr olardi. Xoji Ismoil Taqirbosh Kichikboʻljek maxallasida yashardi.

Kalit yasattirishga ketdim. Aqlli amaki:
— Nega buncha shoshilasan, nima boʻldi?- dedilar.
— Onamga olib borishim kerak kalitni. Eshik oldida turibdilar,- dedim.
— Boʻldi, oʻgʻlim, oʻtir,- dedi.- Shoshilmay yasaymiz.

U kezlari tehnika yoʻq edi. Xozirgi paytda tehnika yordamida besh daqiqada kalit tayyor boʻladi. Tayyorlanadigan yangi kalit bilan asl kalitni yonma- yon qoʻyib, kalit uchini oxista yoʻndi. Men shoshilayotgandim.

— Boʻldi, aqlli amaki, bering kalitni, bir-biriga oʻhshaydi, bir rusumdagi kalit ekan, onam kutib qoldilar,- dedim.

— Oʻgʻlim, bir pas indamay tur, xali tayyor boʻlmadi. Bir andozali boʻlsa-da, kalitning kalitdan farqi boʻladi. Bir tishi kam boʻlsa yana orqanga chopib kelasan. Ikki marta vaqt yoʻqotasan, charchaysan,- dedi amaki.

Men "Uf-puf” qilaverdim, bola edim-da! Qoʻlimga tutqazdi va qoʻshib qoʻydi:
— Ma, olib bor, birozdan keyin yana kelasan.

Men kalit yasaldi, deb oldimu uyga qarab yugurdim. Kalit bir hil ediyu aqlli amaki yasagan kalit eshikni ochmadi.

— Tavba, ayni bir hil kalit nega eshikni ochmaydi?!- Onamning jaxli chiqdi. Men eshikni otamning kaliti bilan ochdim, ular ichkariga kirishdi. Ammo yangi kalit eshikni ochmadi. Yana bozorga borishim, kalitni toʻgʻrilatib uyga kelib onamga tashlab ketishim kerak edi. Ana, mening shoshqaloqligim oqibati!

Yugurgilab aqlli amakining oldiga bordim.
— Kalitingiz eshikni ochmadi...
— Hoʻsh, men senga nima degan edim? Shoshilma, sekin-asta buning xamma tishlarini bir-biriga uyqash qilib yoʻnaman, dedimmi? – Jaxl qilmay, tabassum bilan menga tushuntirdi aqlli amaki. Bir ish qildi, birgina egov urdi, holos. Shugina holos! Men shuncha yoʻlni uning birgina egov urishi uchun bosib keldimmi?

— Kalitni olib bor, koʻr-chi, eshikni ochadimi? Keyin albatta yonimga kelgin, sen bilan birga choy ichamiz,- dedi. Uyga bordim. Kalit eshikni ochdi, qulfga tushdi. Yana aqlli amakining doʻkoniga keldim.

U menga mana shu goʻzal iboralarni aytdi:
— Menga qara, Fahri, odam bolasi boʻldi deydi, shoshadi, lekin aslida boʻlmaydi. Oʻsha birgina "tiq”, bir egov urishi uni kalit xoliga keltirdi. Unutma, oʻgʻlim, sen xam kelajakda ulgʻayasan, ota boʻlasan, oila boshqarasan. Roʻzgʻor oʻtkazasan. Zinxor esingdan chiqarma, bir egov ekanda, deb kechib ketma. Bir tishi boʻlmasa kalit eshikni ochmaydi! Oila xam shunday. Birgina tish nimani xal qilardi, deb qarasang kalit eshikda qolib sinadi. Baʼzan bu xolat qulfni qoʻporib tashlab, yangisiga almashtirishga xam majbur qiladi odamni. Agar kelajakda shunday xolatlarga tushsang, oʻzingni qoʻlga ol, xar bir ishning xikmatini oʻyla, bundan menga nima chiqadi, degan savol doim oldingda boʻlsin. Zinxor kalitni teskariga solma. Bir hil koʻrinishli kalit boʻlsa-da, boshqasiga toʻgʻri kelmadi. Demak, oʻzimda qandaydir nuqson bor, men uni egovlab toʻgʻrilayin, degin, oʻgʻlim...

Bu gaplarni menga aqlli amaki oʻn toʻrt yoshimda gapirib bergandi. Quloqlarimda qolgan, tabiiyki. Shundan beri biz bilan bogʻliq qandaydir muammo boʻlsa, bir hatolik, biror qusur oʻzimizdan oʻtdi, deymiz.

Shunaqa paytda axli ayolimizning oldiga borib:
— Meni islox eta olasanmi? Hatoimni ayta olasanmi? Zotan, insonning oʻz nuqsoniyu aybi oʻziga koʻrinmaydi,-deymiz. Bu — bahtli va muxabbatli turmushimizning davomiyligi kafolatidir...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Film
Hikoyalar

Film

9-mart, 20191.9K