Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning oʻrni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda baʼzi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam oʻrnashadi.
GLAZUR TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 1
Kerakli masalliqlar:
Kakao – 4 osh qoshiq;
Shakar – 12 osh qoshiq;
Sut – 8 osh qoshiq;
Sariyog’ – 50 g;
Taʼbga koʻra vanilin.
Tayyorlanishi:
1. Barcha masalliqlar tayyorlab olinadi. Sirli idishda shakar va kakao kukuni bir xillikka yetguncha aralashtiriladi.
2. Aralashmaga iliq sut qoʻshiladi, shakar erishi uchun idish olovga qoʻyiladi va aralashma qaynatiladi.
3. Qaynab chiqqach, olov oʻchiriladi. Aralashma biroz sovugach, unga sariyog’ qoʻshiladi. Soʻng quyuqlashishi uchun 30 daqiqaga qoldiriladi.
Glazur tayyor. Agar aralashma juda quyuq boʻlib ketsa, uni olovga qaytarib, biroz suv qoʻshgan holda yana bir bor qaynatib olish kifoya. Quyultirish uchun esa yana shakar qoʻshish kerak. Masalliqlarning yuqoridagi nisbati boʻyicha glazurni istalgan miqdorda tayyorlash mumkin. Yanada yumshoq va havodor boʻlib chiqishi uchun esa olovdan olgach, mikser yordamida urib olish tavsiya etiladi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!