Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept boʻyicha tayyorlanadigan mazali va hushboʻy vafli yetarlicha koʻp boʻladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib oʻrab, taʼbga koʻra ichiga nachinka qoʻshishingiz mumkin.
Vaflya tayyorlashda uning qanday boʻlishi margarinning qoʻshilishiga bogʻliq. Agar xamirga biroz yumshagan margarin qoʻshilsa, pishiriq juda qarsildoq va nozik boʻladi. Agar u zichroq boʻlishini istasangiz, u holda margarinni toʻliq eritib qoʻshish lozim (mos ravishda un ham biroz koʻproq qoʻshiladi). Ikkala holatda ham pishiriqning mazasi bir xil chiqadi.
VAFLI TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 10
Kerakli masalliqlar:
1 stakan – 250 ml
Un – 1 stakan
Shakar – 1 stakan
Qaymoqli margarin – 200 g
Vanilin – 1 g
Yirikroq tuxum – 4 ta
Tayyorlanishi
Tuxum shakar va vanillin bilan hajmi 2-3 barobarga koʻpayguncha va rangi biroz ochlashguncha urib koʻpirtiriladi. Koʻpchilikka shakarni miqdori koʻp koʻrinishi mumkin, lekin uning miqdorini kamaytirmang, aks holda natija ushbu retseptdagidek boʻlmaydi. Vanillin oʻrniga qirgʻichdan chiqarilgan limonli yoki apelsin poʻstini qoʻshish ham mumkin.
Aralashmaga xona haroratida yumshatilgan margarin qoʻshiladi. Bir xil massa hosil boʻlguncha aralashtiriladi.
Endigi navbatda asta-sekin elagan holda un qoʻshiladi va mikserning eng past tezligida aralashtiriladi. Xamirning quyuqligi qaymoqdek boʻlishi kerak. Agar xamir eritilgan margarin qoʻshib tayyorlanadigan boʻlsa, bu holda 1,5 stakan un qoʻshiladi.

Birinchi vaflini pishirishdan oldin, qurilmaning yoxud tovaning sirti yogʻlab olinadi. Bir solganda bir osh qoshiq xamir quyiladi. Vafli esa qurilmaning koʻrsatmalariga binoan pishiriladi. Agar pishiriq yopishib qolaversa, biroz un sepib olish kifoya.

Vaflyalar pishgach, ularni issiqligidayoq darhol trubochka yoki konus qilib oʻrash kerak. Pishiriqning egiluvchanligi har soniyada kamayib borishini yodda tuting. Dasturxonga choy yoki qahva bilan tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!