Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler – fransuzcha desert, qaynatma xamirdan tayyorlanadigan yumshoq shirinlik. Koʻpincha nachinka sifatida qaynatma krem ishlatiladi, biroq oʻzgacha taʼmlarni xush koʻradiganlar uchun maqolada shuningdek pishloq va tvorogdan tayyorlanadigan krem turlari ham keltirib oʻtiladi.
EKLER UCHUN QAYNATMA XAMIR
Kerakli masalliqlar:
Un – 1 stakan
Suv – 1 stakan
Tuxum – 4 ta
Sariyog’ – 150 g
Tuz – yarim choy qoshiq.
Tayyorlanishi:
Idishga suv quyiladi va qaynatiladi. Tuz, sariyog’ qoʻshib aralashtiriladi va yana qaynashgacha olib boriladi. Soʻng olov pasaytiriladi va kichik qismlar bilan un solib, aralashtirishda davom etiladi, keyin idish olovdan olinadi. Xamir sovugach, tuxum qoʻshib (bittalab), yaxshilab aralashtiriladi.
Protiven yogʻlab olinadi va qandolat xaltachasi yoki namlab olingan qoshiq yordamida uzunchoq qilib xamir quyib chiqiladi. Har biri orasida kamida 2 sm dan joy qolishi kerak, chunki pishish davomida ularning hajmi kattalashadi.
Ekler oldindan 200 °C gacha qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi. Pishiriq xamiri yaxshiroq koʻtarilishi uchun pech tubiga idishda suv qoʻyish kerak. Ularning yuzasi biroz qizargach, pechdan darhol chiqarib olinadi.
Qaynatma xamirli eklerlar tayyor, endigi navbat ularni krem bilan toʻldirish.
EKLER UCHUN KREM RETSEPTLARI
QAYNATMA KREM TAYYORLASH
Kerakli masalliqlar:
Tuxum – 1 ta
Shakar – 1,5 stakan
Sut – 0,5 litr
Kraxmal – 2 osh qoshiq
Un – 2 osh qoshiq
Sariyog’ – 100 g
Vanillin – taʼbga koʻra.
Tayyorlanishi
Idishda sut, tuxum va shakar aralashtiriladi, soʻng olovga qoʻyiladi. Alohida idishda ozroq miqdorda sutda kraxmal va un aralashtirib olinadi, bunda barchasi yaxshi erib, bir xil massa hosil qilish kerak. Sut qaynay boshlagach, aralashma sutga qoʻshiladi, olov pasaytiriladi va tinimsiz aralashtirib turgan holda qaynaguncha kutiladi.
Massa quyuqlashganda, idish olovdan olinadi. Krem biroz sovutiladi, soʻng vanilin va sariyog’ qoʻshiladi, yaxshilab aralashtiriladi yoki mikser bilan uriladi. Eklerning kremi tayyor!
Ingichka uchli qandolat xaltachasi yordamida pishiriqning pastki yoki yon tomoning ikki joyidan teshib, krem bilan toʻldiriladi. Tayyor shirinlikni ustidan shakar upasi sepib yoki glazur quyib, dasturxonga tortiq qilish mumkin.
TVOROGLI KREM
Kerakli masalliqlar:
Tvorog – 200 g
Shakar – 1 stakan
Qaymoq – 200 ml
Vanilin.
Tayyorlash:
Bir xil massa hosil boʻlguncha tvorog va shakar qaymoq qoʻshib ezib aralashtiriladi. Vanilin qoʻshiladi, mikser bilan urib biroz koʻpirtiriladi. Krem tayyor. Yuqoridagi usul kabi pishiriq ichiga kiritiladi.
PISHLOQLI KREM
Kerakli masalliqlar:
“Mascarpone” pishlogʻi – 250 g
Shakar upasi – 120 g
20-22% yogʻli qaymoq – 100 ml.
Tayyorlanishi
Pishloq, shakar va qaymoq mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi va sovutgichga qoʻyiladi. Biroz sovugach, eklerlar ichiga solinadi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!