🍛 Taomlar

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

4 daqiqa 4.9K marta oʻqildi
Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan
Yupqadagi shaurma yoxud lavashni koʻpchilik koʻchadan xarid qilishga odatlangan, eʼtiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida boʻlishamiz.

SHAURMA
Sharqona oshxonaga tegishli boʻlgan ushbu taomni barcha yaxshi biladi. Bugungi kunda deyarli har bir kishi tamaddixonalardan lavash sotib olgan boʻlsa kerak. Shaurmaning bir nechta turlari mavjud, asosiylari ikkita – pita va lavashda. Kimdir birinchi variantini xush koʻradi, yana kimdir esa faqatgina ikkinchi turdagisiga afzallik beradi.

Haqiqiy shaurma anʼanaviy turk taomi deb hisoblanadi va u pitaga solingan qizartirib pishirilgan qoʻy goʻshti va salatlar aralashmasidan iborat. Ammo sharqiy mamlakatlar tashqarisida qoʻy goʻshti koʻp ham ishlatilmaydi, shuning uchun uy sharoitida tayyorlanadigan lavash uchun boshqa turdagi goʻshtlar – tovuq, kurka, mol goʻshtidan foydalanish mumkin. Barchasi taʼbingizga bogʻliq.

Albatta, sharq mamlakatlarida goʻshtni faqat anʼanalarga muvofiq tanlashadi va biz bu taomni isteʼmol qilishga oʻrgangan turidan koʻra biroz boshqacha pishirishadu, lekin umuman olganda, texnologiyalar deyarli bir xil.

Uyda lavash tayyorlash uchun biz bergan maslahat va retsept sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

SHAURMA NACHINKASI UCHUN
Asosiy masalliq – goʻshtga qoʻshimcha ravishda shaurmaga pomidor, piyoz, tuzlangan bodring, karam, salat barglari, qoʻziqorin ham qoʻshiladi. Shunga qaramay, barchasi shaxsiy xohishga bogʻliq. Shaurmani xush koʻruvchularning baʼzilari goʻsht va sousdan tashqari boshqa nachinkani tan olmaydilar. Ushbu taomda turli xil ziravorlar ishlatilishi muhimdir – u bir chimdim sharqona urgʻu qoʻshib, taʼmni yanada sezilarli boʻlishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, nachinkaga qoʻshiladigan sous sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin:

Smetana;
Pishloq (qattiq yoki qaymoqli);
Mayonez;
Sarimsoq yoki smetanali sous;
Ketchup;
Xantal.
Nachinkaga koʻproq koʻkatlar – taʼbga koʻra kashnich, shivit, rayhon, koʻk piyoz qoʻshish tavsiya etiladi. Agar uy sharoitida shaurma tayyorlashni istasangiz, bu holda nachinkaning tarkibi qay darajada murakkab boʻlishi, masalliqlar soni va turi faqat sizga bogʻliq boʻladi.

NACHINKA UCHUN SOUS TAYYORLASH
Eng mazali boʻlib sarimsoq va achchiq sousli lavash hisoblanadi. Ularni tayyorlash juda oson:

Sarimsoqli sous uchun sarimsoq, koʻk piyoz, tuzlangan bodring bilan smetanani aralashtirish kerak.
Achchiq sous uchun tomat pastasi zaytun moyi, limon sharbati va adjika bilan aralashtiriladi.
Sous uchun kerakli masalliqlarning barchasi blenderda bir xil massa hosil boʻlguncha maydalanadi va tayyor nachinkaga xohishga qarab solinadi. Agar yanada anʼanaviy taom tayyorlashni istasangiz, unda nachinkaga har ikki sousdan ham soling. Yoki oʻzingiz xush koʻradigan sous turidan qoʻshing.

LAVASH TAYYORLASH RETSEPTI

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan
Shaurma sotib olinadigan turdagisiga oʻxshash boʻlishi va undan goʻsht va sabzavot sharbatlari chiqib ketmasligi uchun, uni qanday qilib lavashga oʻrash kerakligini oʻrganish muhimdir. Dastavval lavash xamirini stol ustiga yoyish va biroz suv sepish kerak.

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan
Lavash chetlarida biroz boʻsh joy qoldirgan holda xamirga yaxshilab sous surtiladi. Dastavval sabzavotli, uning ustidan goʻshtli nachinka qoʻyiladi va ustidan yana yaxshilab sous quyiladi. Soʻng lavashning kalta tomoni, soʻng yonlari qatlanadi va yakunida uning uzun tomoni yordamida rulet qilib oʻraladi.

UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN LAVASHLI SHAURMA RETSEPTI
Ushbu retseptda shaurma nachinkasiga taʼbga koʻra bulgʻor qalampiri, kartoshka fri, salat barglari, qirgʻichdan chiqarilgan pishloq, sedana qoʻshish mumkin.

Kerakli masalliqlar:

Yupqa lavash – 1 ta.
Tovuq filesi – 1 ta toʻsh.
Bodring – 1 dona.
Pomidor – 1 dona.
Qizil piyoz – 1 dona.
Kashnich – taʼbga koʻra.
Limon sharbati – 1 osh qoshiq.
Suv – 3 osh qoshiq.
Zaytun yogʻi – 1 osh qoshiq.
Karri – 1 choy qoshiq.
Tuz, qalampir – taʼbga koʻra.
Sarimsoq va achchiq souslar – taʼbga koʻra.
Tayyorlanishi:

Limon sharbati, suv, tuz, qalampir va zaytun yogʻidan marinad tayyorlanadi.
Tovuq filetosi ingichka plastinka qilib kesib, marinad bilan aralashtiriladi va 15 daqiqa davomida qoldiriladi.
Qizil piyoz ingichka halqa, bodring va pomidor ingichka plastinka qilib kesib olinadi, kashnich maydalanadi.
Tovaga oz miqdorga yog’ solib qizdiriladi va tovuq filesi yaxshilab qovuriladi. Goʻsht ichida suvli boʻlib qolishi kerak.
Lavashga sous surtiladi, ustidan piyoz, bodring qoʻyiladi, ustidan shaurmaning goʻshti kabi mayda qilib kesilgan goʻsht teriladi. Nachinka ustidan sous quyiladi, koʻkatlar sepiladi.
Lavash zich qilib oʻraladi va har ikki tomonidan yogʻsiz tovada qovuriladi. Tayyor shaurma likopchaga qoʻyiladi. Yoqimli ishtaha!
LAVASH TAYYORLASHNING BAʼZI SIRLARI
Shaurma uchun foydalanmoqchi boʻlgan pita non yoki lavashga eʼtibor bering. Ular yangi boʻlishi kerak. Qurib qolgan lavash bu taomni tayyorlash uchun umuman mos kelmaydi, chunki uni yoriqsiz oʻrash deyarli imkonsiz. Eski pitaga ham nachinka solish qiyin, chunki u ushalib keta boshlaydi va ishtahani ochadigan koʻrinishga ega boʻlmaydi.

Shaurma shirin va yumshoq boʻlishi uchun, goʻshtni avvaldan marinadlash tavsiya qilinadu. Limon suvi, kefir, zaytun yogʻi – eng sodda marinad ham qattiq goʻshtni mayin qiladi. Agar siz shaurmani mashxur taʼmiga ega boʻlishni istasangiz, goʻshtni toʻgʻri pishirish talab etiladi. Yaxshisi choʻyan tova ishlatish kerak, gril-tova ham mos keladi.

Qovurishdan avval goʻshtning ortiqcha marinadi quruq salfetka bilan shimdirib olinadi. U tillarang tusga kirguncha deyarli yogʻsiz tovada qovuriladi. Tayyor oʻralgan lavashni ham quruq tovada qizartirib olishni unutmaslik kerak.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!