🍛 Taomlar

Chak-chak tayyorlash - retsepti, turlari, xamiri va siropi uchun masallliqlar

1 daqiqa 4.7K marta oʻqildi
Chak-chak tayyorlash - retsepti, turlari, xamiri va siropi uchun masallliqlar
Chak-chak shirinligi turkiy xalqlar oshxonasiga mansub boʻlib, xamir va asaldan tayyorlanadi. Uning koʻplab turlari mavjud. Ushbu shirinlikni pishirish juda oson boʻlib, buning uchun koʻp mahsulotlar kerak boʻlmaydi.

KERAKLI MASALLIQLAR
Tayyorlash vaqti: 90 daq. | Portsiyalar soni: 8
Xamiri uchun:

Tuxum – 3 dona;
Shakar – 1 osh qoshiq;
Suv – 1 osh qoshiq;
Un – 1,5 stakan;
Tuz – bir chimdim;
Oʻsimlik moyi yoki sariyog’ – 300 ml.
Siropi uchun:

1/4 stakan suv;
0,5 stakan shakar;
1,5 osh qoshiq asal.
CHAK-CHAK TAYYORLASH USULI: BOSQICHMA-BOSQICH
Dastavval chak-chak xamiri tayyorlanadi. Buning uchun idishga tuxum chaqib solinadi, shakar qoʻshiladi va ikkalasi uriladi.
Tuz suvda eritib olinadi va tuxumli aralashmaga qoʻshiladi.
Keyingi navbatda aralashmaga asta sekin un qoʻshiladi va xamir qoriladi. Xamir oʻta zich boʻlmasligi kerak, yoysa boʻladigan darajagacha olib borsa boʻldi.
Tayyor xamir 0,5 sm qalinlikda qilib yoyiladi. Soʻng eniga 0,5 sm boʻlgan xivchin shaklida qilib kesib olinadi.
Xivchinlar uzunligi 3-5 sm boʻlgan boʻlaklarga boʻlinadi.
Qozonda yog’ qizdiriladi. Xamir boʻlakchalari tillarang tusga kirgunga qadar qovuriladi.

Chak-chak tayyorlash - retsepti, turlari, xamiri va siropi uchun masallliqlar
Qiyomini tayyorlash bosqichlari quyidagilardan iborat:

Qiyomini tayyorlash dastavval asalni qaynatishdan boshlanadi.
Shakar va suvdan sirop tayyorlanadi. Buning uchun idishga suv va shakar solib, aralashtiriladi. Shakar erigach, idish olovga qoʻyiladi va suyuqlik qaynashgacha olib boriladi.
Sirop tayyorligini bilish uchun, qoshiq bilan ozgina undan olib, sovuq likopchaga qoʻyish va qoshiqning osti bilan sirop ustidan yengil bosish kerak. Qoshiqni koʻtarganda sirop ip boʻlib unga ilashib chiqsa, demak u tayyor.
Siropga qaynatilgan asal qoʻshiladi va barchasini yaxshilab aralashtiriladi.
Chak-chak xamiri sovugach, u kattaroq likopcha yoki shaklga solinadi va ustidan sirop quyiladi.
Siropi sovugunicha shirinlik sovutgichga joylashtiriladi. Shundan soʻng u tayyor.
Ushbu shirinlikni dasturxonga choy yoki qahva bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.