Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va goʻshti

Norin bu somoncha qilib kesilgan goʻsht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushboʻy bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun anʼanaviy tarzda qoʻy yoki ot goʻshtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart boʻlgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xoʻsh, norin qanday tayyorlanadi?
NORIN TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
1 kg suyakli qoʻy goʻshti, son yoki belidan
1 kolbasa qazi (qaynatilgan)
3 ta oʻrtacha kattalikdagi piyoz
5-7 shoxchadan ukrop va kinza
Tuz, yanchilgan murch
Norin xamiri tayyorlash uchun:
3,5 stakan un
1 ta tuxum
1 choy qoshiqni toʻla qilib tuz
Yogʻlash uchun oʻsimlik moyi
NORIN TAYYORLASH RETSEPTI: QADAMBA-QADAM
Tayyorgarlik vaqti: 4 soat | Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portisyalar soni: 7-8
1-QADAM
Suyaklarni idishga soling va ustidan 3-4 litr sovuq suv quying. Qaynashgacha olib boring, soʻng olovni minimal darajagacha pasaytiring va kuchli bulyon olish uchun 3-4 soat davomida qaynating. Bulyonga tuz va murchni eng oxirida qoʻshing, soʻng uni suzib oling. Goʻshtni suyaklardan ajratib oling.
2-QADAM
Norin xamiri uchun idishga unni elab soling, 200 ml sovuq ichimlik suvida tuzni eriting. Suvga bitta tuxum chaqib solib, bir xil boʻlgunga qadar aralashtiring. Aralashmani un solingan idishga quying va xamir qoring. Xamirni zuvala qiling, ustini yopib, 1-2 soat tindirishga qoʻying.
3-QADAM
Xamirni yupqa qilib yoying va 4-5 sm enlikdagi kesmalarga kesing.
4-QADAM
Oldindan tayyorlangan bulyonni xamirni qaynatib pishirish uchun idishga soling. Qaynaguncha olib boring, tuzlang. Xamirli kesmalarni bulyonda 3-4 daqiqa qaynating, soʻng bulyondan chiqarib oling, biroz oʻsimlik moyi qoʻshib, aralashtiring.
5-QADAM
Pishgan xamirning 4-5 tasini ustma-ust qoʻib, ingichka somoncha qilib kesing. Bulyonga ketgan goʻshtni ham shunday somoncha qilib toʻgʻrang. Qazi ham shu tarzda toʻgʻraladi, biroq 3-4 ta doiracha qazini bezatish uchun olib qoʻying.
6-QADAM
Goʻsht va kolbasali somonchalarning bir qismini xamirli somonchalar va murch bilan aralashtiring. Toʻgʻralgan qazining bir qismini tayyor norinni bezatish uchun oilib qoʻying.
7-QADAM
Piyozni yupqa yarimhalqa shaklida toʻgʻrang, unga toʻgʻralgan koʻkatlar va murch qoʻshib, aralashtiring.
8-QADAM
Xamir, goʻsht va qazili aralashmani yassi tarelkaga doʻngcha qilib qoʻying. Ustidan olib qoʻyilgan qazi va piyoz-koʻkat aralashmasini qoʻying. Kosaga yarim qilib toʻldirib bulyon soling va portisya bilan dasturxonga torting. Norinni alohida, bulyonni alohida tanovul qilish ham, tarelkadagi norinni bulyonga solib, aralashtirib, birgalikda tanovul qilish ham mumkin.
Bekajonlar uchun eslatma
Agar xom qazi sotib olgan boʻlsangiz, uni idishga solib, ustidan sovuq suv quying va shundan soʻng olovga qaynatishga qoʻying. Qaynab chiqganida qazini bir nechta joyida igna bilan teshib chiqing, aks holda u yorilib ketishi mumkin.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!