🍛 Taomlar

Olot somsa

7K marta oʻqildi
Olot somsa
Xamiriga:
Un
tuz
suv
Qiymasi uchun:

1 kg Mol goʻshti
500 gr piyoz
3-4 dona pomidor
Tayyorlanishi:

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi. Shoʻroq qilib qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz.

Goʻsht mantiga toʻgʻralgandek noʻxatdan mayda moshdan kattaroq qilib, toʻgʻrab olinad. Piyoz mayin qilib toʻgʻraladi. Pomidorni poʻstnin ajrtib maydalanadi. Ozroq charvi yogʻi ham maydalanadi. Tabga koʻra tuz, murch, zira va ozroq suv solib aralashtirib bir chetga tindirib qoʻyamiz.

Dam olgan xamirimizni 30 gramdan pilta qilib uzib olamiz.Un sepib oʻrtasi sal qalinroq chetlari yupqa qilib yoyib olamiz. Qiymani solib, uchburchak qilib bukiladi, suv chiqib ketmasligi uchun uchlari qayirilib qoʻyiladi. Gaz lalisiga bukilgan tomoni yuqoriga qilib terib chiqamiz va ustuga ozroq suv sepipiladi. Qizdirilga gaz pechida juda baland olovda uzogʻi bilan 10-12 daqiqa yuzasi qizarguncha pishirib olinadi. Undan koʻbroq gazda tursa yuzi qotib, ichi quriq boʻlib pishadi.

Olot somsaBuxoroning Olot somsalari tayyor. Pomidorli sous bilan birga dasturxonga tortiladi.

Yoqqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.