📖 Hikoyalar

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

1 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.
Oʻgʻlim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm oʻrganishga chanqogʻi serob. Namoz oʻqishni sevadi...
"Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.
Peshinga yaqin yoʻlga, masjidga otlandik. Oʻgʻlimni elkamga ortib, yoʻlda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid darvozasiga yaqin qolganimda birdan joyimda toʻhtab qoldim. Masjid darvozasi oldida Miliciya xodimlari turardi. Men bu xaqida umuman oʻylamagan edim. Bolamni elkamdan olib erga qoʻydim. Miliciya xodimlaridan biri bizni koʻrib biroz tikilib turdi. Soʻngra biz tomonga kela boshladi. Ochigʻi koʻnglim gʻash boʻldi. Bolamni masjiddan toʻsishmoqchi boʻlishgani uchun emas, umrida ilk bora Alloxning uyiga qadam qoʻygan moʻrgʻak bolamda yomon hotira va Miliciya xodimlariga nisbatan adovat shakllanishidan. Bolam esa koʻzida quvonch va xayajon bilan masjidga kelayotgan musulmonlarga qarar, barmoqlarimda maxkam siqib, oʻzida yoʻq quvonchni namoyon qilardi. Aynan ushbu xolatida masjidga kirmasa bolajonimni naqadar ranjishini oʻylab yanada maxzun boʻldim.
Miliciya hodimi oldimizga kelib gap ochdi:
– Bu erda nima qilib turibsizlar?
– Masjidga keldik amaki – dedi, bolam mendan oldin quvonchini yashira olmay.
– Unda nima qilib turibsizlar?! Kirmaysizlarmi?
Kichkintoyni sovuqda ushlab turmang! – dedi.
Meni xolatimni tasavvur qilavering. Men oʻgʻlimdanda koʻproq sevindim. Masjid tomon oxista qadam tashladik.
– Bizni xam duo qiling, iltimos, – dedi past ovozda.
Bolam esa "Dadajon, bu amaki masjidga kirmaydilarmi?" deb, savolga tutdi.
"Bu amaking seni, meni va masjidga kelganlarni tinchligini ximoya qiladi", dedim gʻururlanib...
Umrimda ilk bor Miliciya hodimlarimiz bilan fahrlandim...
Halqimiz xali xam organ hodimlariga ishonishni istar ekan. Hodimlar orasida shunday mexribon va gʻayratli Vatanparvarlarimiz koʻpayaversin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!