PULGA ALIShILGAN BAHT

Ikki farzandimni xali maktabga chiqmasidan onamga tashlab, horijga ishlash uchun ketdim. Musofir yurtda ish topgunimcha, joylashgunimcha ne-ne kunlarni boshimdan oʻtkazmadim. Ahiyri, ikki bolasi bor ayolning uyida ishlay boshladim. Oʻzimning farzandlarimga berishim kerak boʻlgan mexrimni oʻzgalar farzandiga berdim. Ularning kirini yuvdim, ovqatini pishirdim, kitoblar oʻqib berdim, kechalari ertak aytib uhlatdim. Va ishlab topgan pulimni onam bilan qolgan farzandlarim qiynalmasligi uchun uyga joʻnatib turdim. Oradan oʻn yil oʻtdi. Oʻgʻlim oʻn oltiga, qizim oʻn toʻrtga kirganda horijdan batamom qaytib keldim.
Onam ancha qarib qolibdi. Ammo… oʻgʻlimning kollejiga, qizimning maktabiga borib, juda koʻp narsalarni boy berganimni angladim. Xar ikkalasining xam oʻzlashtirishi juda past, oʻqituvchilarining aytishicha, ular alamzada va takabbur emish. Oʻgʻlim bir necha marta oʻrtoqlari bilan mushtlashibdi, qizim esa qoʻlidan telefonni qoʻymas, oʻqishga hoxlaganda borib, hoxlamaganda bormasmish…
Ochigʻi, farzandlarimni tanimay qoldim. Qayoqdan xam taniy, ahir ular bilan oʻn yil ayro yashagan boʻlsam… Men hizmat qilgan oilaning farzandlari barcha xavas qiladigan bolalar boʻlib voyaga etdi. Albatta, bunda faqat mening emas, kechayu kunduz ular bilan birga boʻlgan onasining xam hizmati katta. Ularni onasi bir daqiqa xam yolgʻiz qoʻymasdi. Men-chi, men pul topaman deb, onamning sochlaridagi oqni koʻpaytirdim. "Shu erda xam yahshi yashasak boʻladi”, deya hudoning zorini qilgan erimning aytganini qilmadim. Oqibatda turmush oʻrtogʻim men kelguncha boshqa oila qurdi.
Oʻylab koʻrsam, yahshi yashash uchun pul topaman deb, koʻp narsalarni boy berdim. Avvalo, yolgʻiz onaga aylandim. Farzandlarimning tarbiyasiga eʼtibor berolmadim. Ularning ilk maktabga chiqqanini, yozish va oʻqishni oʻrganganini koʻrolmadim. Begʻubor bolaligini sogʻinch va oʻkinchga qorishtirdim. Onamning oʻzi uchun yashashi kerak boʻlgan umrini tashvishlarim bilan almashtirdim…
Xozir yurtimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanyapman. Daromadim yahshi. Baʼzida chet elga ishlaguncha kuch-gʻayratimni shu erga sarflasam, xammasi boshqacha boʻlarmidi, deb oʻylayman. Farzandlarim bilan til topisha olmay qolgan paytlarim oʻzgalar farzandiga bergan mexrimni, ular uchun qilgan hizmatimni oʻgʻil-qizim uchun qilganimda, turmush oʻrtogʻimga suyanch boʻlganimda, xozir menga oʻzgalar xavas qilayotgan boʻlmasmidi?.. Endi kech, juda kech... Horijga otlanayotgan xamyurtlarimga kuchingizni, mexnatingizni, mexringizni faqat va faqat yaqinlaringizga, oilangizga, Vataningizga bering, degim keladi…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!