📖 Hikoyalar

BARVAQT TURIShGA ODATLANING!

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
BARVAQT TURIShGA ODATLANING!
BARVAQT TURIShGA ODATLANING!

Paygʻambarimiz sollalloxu alayxi va sallam: “Yo Allox! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka ber!” deb xaqimizga duo qilganlar. Bu duo magʻzini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada koʻp yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini xam shunga oʻrgatib borishgan. Milliy urf-odatlarimizga koʻra, kelinlar erta tongdan koʻchalarga suv sepishadi, xovlini, koʻchalarni supurib-sidirib, saranjom-sarishta qilib qoʻyadilar, ahlatlarni olib, yog' tushsa yalagudek top-toza xolga keltiradilar. Bu ishlarda koʻp hayr-baraka bor.
Inson erta tongda turib, yuz-qoʻlini yuvib, Yaratganga shukronalar aytib, ibodatdan soʻng ishga kirishsa, ishi barakali boʻladi. Bu xamma soxaga tegishli. Ilm olishni misol qilib keltiradigan boʻlsak, tong saxarda kitob oʻqilsa, maʼlumotlar hotirada yahshi saqlanadi. Chunki uyqu vaqtida dam olgan miya maʼlumotlarni yahshi qabul qiladi.
Dinimiz taʼlimotlariga koʻra, inson barvaqt uyqudan turib, ishlarini bajarib, huftondan soʻng ertaroq uyquga yotadi. Iloji boʻlsa, shomdan keyin koʻchaga chiqmagan maʼqul. Ayniqsa, bolalarni shom paytida tashqariga chiqarmaslik taʼkidlangan. Chunki shom paytida jinlar er yuzi boʻylab tarqaladi. Ular bolalarga ziyon yetkazib qoʻyishi mumkin. Eʼtibor bersangiz, bemaxalda koʻchada sanqib yurganlarga jin tekkanini, turli ruxiy kasalliklarga chalinganini koʻramiz. Shariat koʻrsatmasiga amal qilinsa, bunday nohush xolatlar oldi olinadi.
Xadisi shariflarda aytilishicha, huftondan keyin oʻzaro gaplashib oʻtirish, bexuda ishlar bilan mashgʻul boʻlish maʼqul emas. Ayrim odamlar tun yarmigacha televizor koʻrib, allamaxalda uyquga ketadi. Natijada ertalab juda kech uygʻonadi. Bunday kishilar roʻzgʻorida baraka, ishida unum boʻlmaydi. Bunaqa xayot tarzi kishi sogʻligʻiga xam zarar keltiradi.
Xadisi sharifda shunday deyilgan: “Rizq talabida barvaqt xarakat qilinglar! Zero, ertalabdan xarakat qilish baraka, muvaffaqqiyat keltiradi” (Imom Tabaroniy rivoyat qilgan).
Baʼzi odamlar rizqi torligidan shikoyat qiladi, “Qancha xarakat qilsam xam birim ikki boʻlmaydi!” deb zorlanadi. Ularning xolatiga quyidagi xadisi sharif izox beradi.
“Tonggi (uyqu) rizq (kelishi)ni toʻsadi” (Imom Axmad rivoyat qilgan).
Kim kunini hayrli suratda boshlasa, qolgan qismi xam hayrli boʻladi, ishlari baroridan keladi, Allox tarafidan oʻsha banda rizqiga baraka beriladi. Rivoyatlarda kelishicha, quyosh chiqquncha boʻlgan vaqt oraligʻida rizqlar taqsimlanadi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan banda undan maxrum boʻlgan bilan baravar. Chunki tong otgach xam uyqudan uygʻonmagan banda oʻrnidan lanj, dili hira boʻlib turadi. Natijada unda gʻayrat-shijoat boʻlmaydi, biron ishni xafsala bilan qilmaydi. Shuning uchun rizqidan baraka ketadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!