ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI
Rivoyat qilishlaricha, shayton uzum urugʻini oʻgʻirladi. Qancha qidirsalar xam urugʻni topolmadilar. Barcha xayvonlardan soʻrab-surishtirdilar, lekin xech biri bilmadi. Ohiri uni shayton olgani maʼlum boʻldi.
– Menga uzumga uch marta suv quyishga ruhsat bersangiz, oʻsha urugʻni topib beraman, – deb shayton shart qoʻydi.
Noiloj rozi boʻldilar. Shayton urugʻni topib berdi. Uni erga ekdilar. Uzumga uch bor suvni shayton berdi: avval tulkining, keyin sherning, ohirida toʻngʻizning qoni bilan sugʻordi. Uzum suvidan may qildilar. Kimki undan ichsa, avval tulki kabi koʻrmagan odami bilan xam doʻst tutindi, kayfi oshganda oʻzini sher xis qilib, mardligi joʻsh urdi, uchraganga borini ulashdi, ohirida esa toʻngʻizday tuproqqa agʻanadi.
May tufayli biror yomon ish sodir boʻlsa, bilingki, u shayton bergan suvning oqibatidir.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!