Tarvuzli shirin reseptlar

Xozir tarvuz mavsumi juda qizgʻin. Mazali poliz ekini barcha bozor, doʻkon va koʻcha rastalarini toʻldirib tashladi. Tarvuz harid qilayotib barcha qanday qilib eng shirin va pishgan tarvuz tanlasam ekan deya bosh qotiradi.
Ammo deyarli xech kim sotib olgach nima qilaman, deb oʻylamaydi. Shunga xam bosh qotirish kerakmi? Shunchaki, soʻyib eysan qoʻyasan! Biroq shu oddiy ishda xam ijod uchun keng imkoniyat bor ekan. Bugun sizni oʻzingiz maza qilishingiz va mexmonlaringizni xayratga solishingiz uchun bir necha tarvuzdan tayyorlangan taomlar recepti bilan tanishtirmoqchimiz.
TARVUZLI MOHITO

Masalliqlar:
2 stakan poʻchoqsiz tarvuz;
35-40ml oq rom;
4ta shohcha yalpiz;
1/2 dona laym;
2 choy qoshiq jigarrang shakar;
3 osh qoshiq maydalangan muz boʻlakchalari.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni yahlatib, urugʻidan tozalab, kichik boʻlaklarga boʻlinadi. Blenderda maydalanadi. Stakanda shakar va laym sharbatini yahshilab aralashtiramiz. Yalpiz barglarini qoʻshib toki yalpiz va laym svi chiqmaguncha maydalaymiz. Yalpiz-laym aralashmasi solingan bokalga maydalangan muz solamiz va ustidan rom quyamiz. Tarvuz suvini qoʻshib, natijadan roxattlanamiz!
TEZ TAYYoRLANADIGAN TARVUZLI MUZQAYMOQ

Masalliqlar:
6 stakan poʻchoqsiz tarvuz;
2 osh qoshiq shakar.
Tayyorlanishi:
Blenderda tarvuz va shakar boʻtqa xoliga keltiriladi. Qoliplarga quyib tayoqcha tiqiladi va 8 soat muzlatiladi. Xoxishga qarab limon, laym yoki apelʼsin sharbati qoʻshish mumkin.
GRILDA GLAZIRLANGAN TARVUZ

Masalliqlar:
Urugʻsiz va poʻchoqsiz 8 boʻlak tarvuz;
2 osh qoshiq asal;
dengiz tuzi;
yangi maydalangan garmdori.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni porcion boʻlaklarga boʻling. Biroz tuz sepib, suvi chiqquncha yarim soat kutib turing. Keyin tarvuzni suvda chayib, ortiqcha suvini salfetkaga shimdiring. Boʻlaklarga asal suring va yahshilab qizdirilgan grilga joylang. 5 daqiqa qovuring. Tarvuzni grildan olib biroz dengiz tuzidan va garmdoridan seping.
TARVUZ VA FETALI SALAT

Masalliqlar:
1 kg tarvuz;
200 g feta pishlogʻi;
20g yalpiz;
1 dona laym;
Taʼbga koʻra qora muruch.
Tayyorlanishi:
Tarvuz donalaridan tozalanadi va katta kubik shaklida boʻlakchalarga boʻlinadi. Feta pishlogʻini xam kubik shaklida toʻgʻraysiz. Ikkilasini idishga solib aralashtirasiz. Maydalangan yalpiz va taʼbga koʻra muruch solib, zaynut yogʻi bilan aralashtirib olasiz.
ShOKOLADLI MUZLATILGAN TARVUZ

tarvuz;
eritilgan shokolad;
ustiga dekorativ bezak.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni katta boʻlmagan uchburchak shaklida kesib olasiz va bir necha soatga muzlatgichga qoʻyasiz. Shokoladni eritib olib, tarvuzning ustgi qismiga quyib chiqasiz. Bezak uchun kakos urvogʻlarini sepib yuborasiz. Tarvuz va shokolad tez erib ketmasligi uchun, dasturhonga tortiq qilishdan oldin yana muzlatgichga qoʻyib qoʻyishingiz mumkin.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!