🍛 Taomlar

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto

2 daqiqa 5.3K marta oʻqildi
Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
Dimlama – Oʻzbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. “Dunyo xalqlari oshxonasi” tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va koʻkatlar bilan goʻsht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning oʻziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan terilgan va goʻsht bilan uzoq dimlanadi. Va, albatta, ajoyib ziravorlar toʻplami – kinza, zira, bulgʻor qalampiri va qizil qalampir muhim rol oʻynaydi. Bu kombinatsiya koʻpincha oʻzbek oshxonasida keng qoʻllaniladi va taomlarga noyob lazzat beradi.

DIMLAMA UCHUN KERAK BOʻLADIGAN MAXSULOTLAR:
1 kg qoʻzichoq yoki mol goʻshti;
1 kg karam;
5 ta oʻrtacha sabzi;
6 ta oʻrtacha kattalikda pomidor;
9-10 dona kartoshka;
6 ta oʻrtacha shirin qalampir (bulgʻor qalampiri);
4-5 dona piyoz;
3 bosh sarimsoq piyoz;
arpabodiyon(ukrop), petrushka va kinza;
100 ml oʻsimlik yogʻi
zira, koriandr, murch, qizil qalampir, dafna yaprogʻi, tuz;
Bezak uchun rayhon va kinza.
DIMLAMA: BOSQICHMA-BOSQICH TAYYORLASH
1. Piyoz va pomidorni yarim halqalarga boʻlib oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
2. Kartoshkani ikki yoki toʻrt boʻlakka, har bir sabzini 5-6 boʻlakka boʻib oling. Bulgʻor qalampirini somoncha shaklida toʻgʻrab oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
3. Koʻkatlarni yirikroq qilib maydalang.

4. Karamni 8 qismga boʻlaklab, oʻzagi yaʼni qattiq qismini kesib tashlang. Sarimsoq piyozni ustki qatlamidan tozalab oling.

5. Ziravorlarni tayyorlab olamiz. Havonchada koriandr, zira, murch va qizil achchiq qalampirni yanchib oling. Buni blender yordamida qilsa ham boʻladi.

6. Goʻshtni mayda qismlarga boʻlaklab oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
7. Qozonga yog’ solib, yaxshi qizdirilgan yogʻda baland olovda goʻshtni qizarguncha qovurib oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
8. Goʻsht ustidan toʻgʻralgan piyozni solib tillarang tusga kirguncha qovuring.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
9. Toʻgʻralgan pomidorni soling va ustidan yanchilgan ziravorlarni sepib, olovni pasaytirib 5 daqiqa davomida dimlab oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
10. Sarimsoq piyozni dimlanayotgan masalliqlar oʻrtasiga qoʻyib, ozgina bosib qoʻying.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
11. Keyin navbatma-navbat sabzi va bulgʻor qalampirini terib chiqing.

12. Ustidan karamni joylang. Karamni tuzlab, uni ustiga davna yaprogʻi (лавровый лист) va koʻkatlarning bir qismini soling.

13. Bu masalliqlar ustidan kartoshka va qolgan koʻkatlarni solib, yengil bosib tekislab oling.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
14. Ikki stakan qaynatilgan tuz solingan suv soling. Qozon qopqogʻini zich yoping. Qozon tagini minimal darajada past qilib 1,5 soat mobaynida dimlab qoʻying.

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
15. Ushbu taomni katta umumiy idishga yoki alohida kosalarga suvli qilib suzishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan avval, rayhon barglari yoki mayda toʻgʻralgan koʻkat yordamida bezak bersangiz, Dimlama taomingiz yana ham ishtahali koʻrinish oladi. Yoqimli ishtaha!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!