🍛 Taomlar

Kabachkili kotletlar.

2.6K marta oʻqildi
Kabachkili kotletlar.
Kerakli maxsulotlar:

2 dona oʻrtacha kabachki,
2 dona tuxum,
tabga koʻra murch, tuz,
4 osh qoshiq toʻla un,
200 gr oʻsimlik yog’ ( qovurish uchun)
Tayyorlanishi:

Kabachkilarni qirgʻichdan chiqaramiz, soʻng tabga koʻra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil boʻlguncha aralashtiramiz.

Tovaga yog’ quyib qizdiramiz. Qizigan yogʻga 1 osh qoshiqdan kabachkili massadan solib, oʻrta olovda ikki tomon qizarguncha qovurib olamiz.

Dasturxonga tortish uchun tabga koʻra bezatishingiz mumkin albatta. Misol uchun qovurilgan baqlajon, pomidor boʻlagi, salat bargi va yana goʻshtli kotlet va boshqa maxsulotlar bilan…

Juda mazzali oson va engil taom tayyor boʻladi.

Yoqimli ishtaxa!

Kapalak pirojniysi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!