📖 Hikoyalar

Ota-ona xurmati

1 daqiqa 9K marta oʻqildi
Ota-ona xurmati
Ota-ona xurmati...

Bir yigit Paygʻambarimiz sallolloxu alayxi vassallamga shikoyat qilib dediki:
-Otam qarib, juda bevosh boʻlib ketganlar. Aqldan ozganlarmi, deb qoʻrqaman. Uyimga kelib, qoʻllariga nima ilinsa, shuni olib chiqib ketaveradilar.

Sarvari koinot sallolloxu alayxi vassallamga otani chaqirtirdilar. Xuzurlariga kelgan qari, bechoraxol, ust-boshlari harob odamdan: «Oʻgʻlingning gaplari toʻgʻrimi?» - deb soʻradilar.
-Xa, toʻgʻri, - dedi chol. - Men oʻgʻlimni oʻzim tarbiya etganman. Onasi barvaqt vafot etgan edi. Oʻzim emay - oʻgʻlimga edirdim, oʻzim kiymay - oʻgʻlimga kiydirdim. Qariganimda boqar, deb umid qildim. Ammo u beraxm chiqdi. Mendan habar olmaydi. Oʻzim uyiga kelib, qoʻlimga ilingan narsani olib chiqib sotamanda puliga ovqat olib eyman. Yo Rasulallox! Shu ishim durustmi yo durust emasmi?

Otaning bu gaplarini eshitib Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam oʻgʻilning elkasidan maxkam ushladilar-da, dedilar: «Topgan narsalaring, xatto sening oʻzing xam otangning mulkidir. Agar topgan mulking etmasa, otang sening oʻzingni sotib pulini emoqlikka xaqqi bor. Sen oʻylamaginki, topgan mulklarimga oʻzim molikmanu otamning unga aloqasi yoʻq, deb. Xammasiga otang egadir!»

Yana shu mavzuda bir xadis:

Bir qiz onasidan shikoyat qildi:
-Onamning aqllari oʻzlarida emas. Uyimga kelib toʻpolon qiladilar, tinchlik bermaydilar.

Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam onani chaqirtirdilar. Gʻoyat qari, bechoraxol ona dediki: «Yo Rasulallox sallolloxu alayxi vassallam! Sabr qilayin desam, qizim habar olmaydi. Xatto bolalarini yubormaydi. Yolgʻiz oʻzim pashshalarga em boʻlib yotaman. Na oʻlib qutulaman, na roxat koʻraman. Qizimning beparvoligi shunchalik.

Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam dedilar:
-Toʻqqiz oy, toʻqqiz kun, toʻqqiz soat seni qornida tarbiya etgan kim? Oʻlim jari yoqasiga kelib seni tuqqan kim? Seni ikki yil emizgan kim? Seni balogʻatga yetkazib uzatgan kim? Shu onang! Agar shu onangni rozi qilmasang, jannat senga xarom! Tavba qilsang - qilding, yoʻqsa yarim mulkingni olib beraman.
Qiz tavba qildi...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!