📖 Hikoyalar

KOʻRDIK

2.2K marta oʻqildi
KOʻRDIK
KOʻRDIK...

Hamma narsangizni selfi qilib joylabsiz...

- Koʻrdik, anvoyi taomlar ebsiz.
Qancha insonlar bir burda nonga zor.

- Uyingiz xashamatli ekan.
Qancha insonlarning oʻz uyi yoʻq yoki ijara xaqini toʻlolmayapti.

- Farzandlaringiz bor va bir-biridan shirin ekan. Qancha insonlar tirnoqqa zor.

- Oilangiz tinch-totuv ekan. Qanchalab oilalarda hotirjamlik yoʻq.

- Oilangiz va doʻstlaringiz bilan dam olgani Dubayga, Turkiyaga, Chimyonga boribsiz. Qancha insonlar etishmovchiligi, muammolari va qarzi koʻpligidan uyida koʻziga uyqu kelmaydi.

- Yahshi ishingiz bor ekan. Qancha odamlar mexnatga, ishga zor.

- Yahshi mashinangiz bor ekan. Shunday insonlar borki, avtobus, taksiga ketadigan pulni tejash uchun sovuq kunlarda xam velosipedda yuradi.

Hurmatli Inson! Uy, farzand va moddiy jixatdan sizdan nochorroq boʻlgan insonlarning qalblarini, tuygʻularini xisobga oling!

Xamma narsangizni selfi qilib, tarmoqqa joylayvermang!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!