Oʻzim aybdorman...

Xozir bolamning axvolini koʻrib, oʻzimdan nafratlanib ketayapman. Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik xuzur halovat deb, bir umrlik qiynoqqa duchor boʻldim...
Yoshligimdan pulga muxtojlik sezmay oʻsdim. Yeganim oldinda, yemaganim ortimda edi. Bilimli boʻlmasamda qoʻlimda hunarim bor edi. Maktabni bitirib bir sartaroshga shogird tushib, bu hunarning barcha sir - asrorlarini oʻrgandim. Soʻng oʻzimiz yashaydigan mahalladagi goʻzallik saloniga ishga kirdim. Oʻz ishimni haddan ortiq yaxshi koʻrardim, ertayu kech oʻsha yerda edim. Hattoki uyda ham sartaroshlik qilar edim. Topganim oʻzimga yetib ortardi. Bu hayot meni chunonam oʻziga bogʻlab qoʻydiki, oila qurish hayolimga kelmas edi. Bu orada dadam menga goʻzallik saloni ochib berdi. Endi mening qoʻl ostimda bir nechta sartarosh qizlar ishlardi, ulatga ustozlik qilardim. Bu orada uyga sovchilar kela boshladi. Onam '' vaqti - soatida turmushga chiqish kerak, qizim. Keyin kech boʻladi'' dedi. Soʻng ota-onam menga maʼqul boʻlgan bir yigitning oilasiga rozilik berib yuborishdi.
Unashtirilganimizga koʻp boʻlmay toʻyimiz boʻldi. Yangi hayot, yangi odamlar, boshqacha muxit meni boshida dovdratib qoʻydi. Aniqrogʻi, men tarbiya topgan oiladan butkul boshqacha oilaga kelin boʻlib tushgandim. Hamma dilhiraliklar, toʻydan keyin boshlandi. Bilsam, bu oila faqat maoshga kun koʻrar ekan. Oziq-ovqattlarni maosh olganda gʻamlab qoʻyisharkan. Mening esa bunaqa sharoitga koʻnikishim amrimahol edi. Shu sabab toʻy oʻygach, xafta oʻtmay ishga chiqib kettim. Tabiiyki, bu ularga yoqmadi. Men esa istaganimni yeb, kiyadigan qiz boʻlganim uchun oldingi hayotga qaytmoqchi boʻldim. Boshida turmush oʻrtogʻim qarshilik qildi: ''Gulzor, xech boʻlmasa bir oy ota-onamni xizmatini qil. Keyin chiqasan oʻsha ishinga'' dedi, ammo men oʻz bilganimdan qolmadim. Endi oʻylasam, oʻshanda hayotga juda yengil qaragan ekanman. nahotki hamma narsani pul bilan oʻlchadim? Keyin qizim tugʻildi. U tugʻulguncha ham bazoʻr chidadim, ishlab turdim. Bolam tugʻilganiga koʻp boʻlmay, yana ishga chiqdim. Chunki menga, qizimga vitaminli ozuqalar olib kelishga ularda ortiqcha pul yoʻq edi. Mening bundan jaxlim chiqardi.. Bitta oilani moddiy taʼminlay olmaydigan erimdan koʻnglim qolib ketti. Erim bilan shu haqda tinmay janjallashardik. Xullas, ahvol shu darajaga borib yettiki, men hammasini, hattoki qizimni ham tashlab chiqib kettim. Eh, oʻshanda qizimni olib ketsam boʻlarkan. Oʻz ishimni yaxshi koʻrib, pul va mol-dunyo uchum oilamdan, farzandimdan voz kechdim. Boshqa shaxarga ishlash uchun kettim. Yana turmush qurdim. Lekin farzandli boʻla olmadim.
Yaqinda qizimni koʻrgani kelin boʻlib tushgan oʻsha mahallaga bordim. Koʻrib koʻzlarimga ishonmadim- qizim savdoyi boʻlib qolibdi. Qaynota-qaynonam menga achchiq qilib, unga umuman qaramay qoʻyibdi. Axir oʻz jigarini zurriyodi-ku? Nahotki rahmi kelmagan boʻlsa... Yaqin bir qoʻshnim qizimning taqdiri haqida gapirib qoldi: ''Gulzaraxon yaxshi ish qilmadingiz oʻshanda. Nahotki qizingizni koʻrgingiz kelmagan boʻlsa? Uni tashlab ketganingizdan keyin hech kim qaramay qoʻydi. U toʻgʻri kelgan joyda, kim uyiga kiritsa oʻsha yerda yotib yurdi. Bu yil yetti yoshga toʻldi. Maktabga ham olib boradigan odam yoʻq. savdoyi boʻlib qolgan. Oʻziga oʻzi gapirib yuradi. Hamma sizni ayblaydi. Eringiz boshqaga uylanib bola-chaqali boʻlgan. Boshida u qizingizga qarab yurdi. Uylanganidan keyin oʻzgardi. qizi borligi ham esidan chiqdi. Qaynota-qaynonangiz sizni yomonlab: ''oʻshaning bolasida, ertaga onasiday boʻladi'' deb parvo qilmasdi. Oʻshandan beri qizingiz bir axvolda yuradi'', dedi. Yuragim orqaga tortib ketti. Yetti yoshli qizcha yaxshi gapirolmaydi. Bundan ortiq daxshatli manzara boʻlmasa kerak? Bir paytlar qilgan ishimdan juda afsusdaman. Mol-dunyo oʻtib ketarkan, sendan ea farzand va ularga berilgan chiroyli tarbiya qolishini juda kech tushunib yetdim.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!