TANISH KABUTARLAR

Yomgʻirli kunlar uzayib ketdi. Bahor oyi boshlangan boʻlsa-da, qishning qahri kesilmagandi. Bogʻdan eshitilib turadigan qushlarning ovozi ham siyraklandi. Sakkizinchi qavatning oynavand ayvoni raxiga qoʻngan bir-ikki qush toʻkilgan non ushoqlarini tez-tez choʻqilaydi-da, boshini yelkalari orasiga olib, xomush tortadi.
— Jonivorlar yegulik topolmayaptimi, deyman, — buvim qushlarni uchirib yuborishdan choʻchib ayvonga toʻshalgan koʻrpachaga astagina oʻtiradi, — yomgʻir ham ezib yubordi.
Onam endi qushlarga koʻproq urvoq qoʻyadigan boʻldi. Barvaqt turib kuzatsam, toʻrt-besh kabutar bir-birini itarib donlashardi.
— Yaqinlashma, bolam, hurkitib yuborasan, — buvim oʻtirgan joyida qoʻli bilan meni yoniga imladi: — otang yoshligida rosa kaptar boqqan — butun boshli tomning boʻgʻotiga in oʻrnatgan. Har yili sandiq-sandiq bugʻdoy edirardi. Bu qush oʻzi mushtdekkina boʻlsayam, uch-toʻrttasi dunyoni donini koʻrdim, demasakan.
— Bizlarga adam bu haqda hecham gapirmaganlar-ku!
— Nimani? — yotoqxona eshigi ochilib otamning ovozi eshitildi.
— Kaptar boqqanlaringni aytaman-da, bolam, buvim qoʻllarini tizzalariga qoʻyib oʻrnidan turdi. — Oq kaptarlaring bor edi-ku, paypoqli, dermidinglar...
— Ha-a-a, rosmana paypoq kiyib olganga oʻxshardi-da, — otamning chehrasi yorishib, koʻzlari kuldi.
— Bu kaptar degani odamga oʻxshab mehr koʻrsatganni bilarkan, bolam, — bir xoʻrsinib davom etdi buvim. — Yillar oʻtib, uylar ham, inlar ham buzildi. Bir kuni tongda toʻda kabutarlar hovliga gur-gur etib qoʻndi. Bundoq oʻgirilsam, oʻsha oq kaptar bosh, qur-qurlashib aylanib yotibdi. Bolalar yotgan uyning pardasini koʻtarib, hoy, tez chiqinglar, tezroq, dedim oʻzimga sigʻmay. Ulgʻayib qolgan bolalarim yarimyalang yugurib chiqdi-yu, tanish kaptarlarni koʻrib: "voy, haliyam borakan-ku”, dedi biri. "Esidan chiqarmabdi-ya”, dedi kichkina amaking. Otang ovoz bergandi, shartta kelib yelkasiga qoʻnsa boʻladimi?.. Hammamiz yosh boladek quvongandik... Mana, ayvoninggayam oʻrnashibdi ular. Oʻchoqqa kirib chiqqanmi, hammasining boʻyogʻi bir xil.
Otam oyna tomon yaqinlashgandi, «pir» etgan ovoz bilan kabutarlar ham koʻtarildi. Ertasi kuni otam ikki xaltada bugʻdoy va tariq olib keldi-da: — har kuni sochib turinglar, — dedi.
Onam ikkimiz barvaqt turdik. Achchiq shamol bilan yomgʻir oynaga uriladi. Donlarni sepishimiz bilan sovqotgan kabutarlar ketma-ket uchib kela boshladi. Burchakdan maza qilib kuzatardik, hammasi deyarli bir xil koʻrinsa-da, aslo oʻxshashmasdi: oʻrtasidagisi ingichkaroq boʻyni atrofi siyoh sochilgandek yaltirab turardi. Boʻyni yoʻgʻonining qanoti uchlari shaxmat kataklaridek oqish kulrang, chetdagisi esa koʻzlari ham sovuq — qanotlarini yoyib yoniga sheriklarini yoʻlatmaydi — sinfimizdagi urushqoq bolaga oʻxshaydi. Ukam uydan yugurib chiqqandi, ular «pir» etib koʻtarildi.
— Hah, bolasi tushmagur-a, — dedi buvim qoshlari koʻtarilib, — nima qilib qoʻyding?..
Dam olish kuni kechroq turdim. Onam oshxonada nonushta tayyorlayotgan ekan.
— Kelaqol, seni kutib turgandim, donlarni oʻzing sep, — dedi.
Men onamning aytganlarini qildim, ancha paytgacha birorta qush koʻrinmadi. Buvimning yoniga oʻtirgan ham edimki, ketma-ket qanotlarning silkingani va qushlarning qoʻnayotgani eshitildi. Qarasam, juda koʻp kabutarlar: oʻntadan ortiq, sanolmadim. Oqish ranglilari ham qoʻshilibdi. Oralaridagi qoramtir kaptar qanotlarini keng yoyib atrofdagilarni choʻqib, oʻzidan itara boshladi. Ikki-uchtasi kir yoyishga tortilgan arqonga qoʻnsa-da, koʻzini dondan uzmasdi. Yomgʻir tezlashdi, yon qoʻshnimiz derazasini qattiq yopgan edi, ular koʻtarilib ketdi... Biroz kutdik, qaytmadi.
— Meniyam qoʻlimdan don yesin, — otam xaltachani olib, tariq sepdi va kuzatib turaverdi. Zum oʻtmay qushlar dondan ancha nariga qoʻna boshladi, otam boshini parda bilan berkitgan boʻldi. Qushlar kechagidan ham koʻpayishgan edi. Donlashga joy yetmasdi. Uch-toʻrt kabutar tumshuqlarini tumshuqlariga tekkizib chugʻurlashardi. Yana ikkisi esa sheriklarining ustida turib toʻxtovsiz donlashga ulgurardi. Ular bir choʻqiganda uch-toʻrt donni olar, boshini koʻtarib yutinib qoʻygandek boʻlardi...
Kutilmaganda yomgʻir tezlashdi. Тoʻqqizinchi qavatdagi deraza qarsillab ochildi. Kaptarlar «pir» etib koʻtarildi. Peshonasida xoldek sutrang belgili kabutar qanotini yoyib deraza tarafga qattiqroq suykalib olgan, sirayam qoʻzgʻalgisi kelmasdi. Keyin qoʻshni kir yoydi shekilli, tepadan suv sharillab tusha boshladi. Endi aniq uchib ketadi, deb koʻzimizni undan uzmasdik... Ammo u indamay turaverdi. Qoʻshnining derazasi yopildi. Yoygan qalin kiyimlaridan chakillab suv tomardi...
Birozdan soʻng kabutar donga yaqinlashdi, orqasidan kichkinagina targʻil kabutarcha ergashdi. Hayron boʻldik. Keyin bilsak, u qanotlari orasiga bolasini yashirib olgan ekan...

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!