Hasan Basriy hazratlarining huzurlariga bir kishi kelib:

– Ey imom! Mening bir qizim bor, kecha-yu kunduz yigʻlab koʻzlari koʻr boʻldi. Bir kelib bunga bir chora koʻrsangiz – dedi.
Hasan Basriy hazratlari rozi boʻldilar va keldilar. Soʻng qizga:
– Qizim, nimaga yigʻlayapsan? Koʻzlaring ojiz boʻlibdi, sababini ayt, chora bordir – dedi.
Qiz javob berdi:
– Ikki sababdan yigʻlay-yigʻlay koʻzlarimni koʻr etdim. Birinchisi, agar bu koʻz erta oxiratda Allohni koʻradigan boʻlsa, U zotga minglab koʻzlar fido boʻlsin, menga uning hech qiymati yoʻq. Ikkinchisi, agar oxiratda bu koʻzlar Alloh subhanahu va taoloni koʻrishga loyiq boʻlmasa, men buni nega koʻz deya olib yuribman. Alloh bunday koʻzlarni dunyoda ikkisini ham koʻr etsin – dedi.
Qizning bu hikmatli soʻzlarini tinglagan imom Basriy hazratlari:
– Biz bu yerga nasihatchi va tabib boʻlgan holda kelgan edik... Holbuki, nasihat va shifo topib ketayapmiz, deya oʻzini yigidan toxtata olmadilar.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!