RAShK ENG XAVFLI XASTALIK BELGISIDIR…

Angliyalik 23 yashar qiz Evi Mur sevgan yigiti bilan oʻzini juda baxtli his etardi. Ammo keyingi paytlarda hech qanday sabablarsiz uni birovlarga rashk qila boshladi. Oʻzini oʻzi tushunmay qoldi. Nima uchun kutilmaganda rashk qila boshlaganini anglay olmay xunob boʻldi. Ammo oradan qisqa vaqt oʻtib hammasini anglab yetdi. Rashk eng xavfli xastalikning bosh belgisi ekan. Gap shundaki, Evi Murni bir kuni kana chaqqan ekan. Biroq u eʼtibor berib oʻtirmagan. Keyinchalik esa oldin rashk azobini boshdan kechirdi. Keyinroq oʻzini yomon his eta boshladi. Ahvoli shu qadar yomonlashdiki, tuqqan onasi va tugʻishgan singlisini tanimay qoldi. Qizni darhol kasalxonaga yotqizishdi. Vrachlar Eviga ensefalit tashhisini qoʻyishdi. Tibbiyotda bu xastalik kana chaqishidan keyin yuzaga kelishi ilgari ham kuzatilgan ekan.
Afsuski, oʻzi sevgan, yorug' dunyoga ishonmagan yigit uni tashlab ketdi. Lekin Evi bu ayriliqdan xonumonini yoʻqotmadi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, 25 yoshli Jorj ismli yigit bilan tanishib qoldi. Jorj ilk uchrashuvdayoq unga muhabbat izhor qilgandi. Evi oʻzining kasalligini tushuntirdi. Oʻylab koʻrishni maslahat berdi. Jorj esa eshitishni ham istamadi va bir umr sevgilisiga sodiq qolishga qasam ichdi.
Hozir ular juda baxtiyor va ahil yashashmoqda ekan.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!