Hikoya: Xorlik badali

Kattagina hovli. Odmigina uy. Uydan chiqib, biroz yurgach, tomiri yerdan boʻrtib, har tarafga tarvaqaylab ketgan bobotutga koʻzingiz tushadi. Bobotutga biroz suyangan yogʻoch chorpoya, uning ustida uvadasi chiqqan koʻrpacha, bir xil hoshiyali kir yostiq. Koʻrpachaning chetida qariya ingrab yotibdi. Chol ancha keksaygan, egnida kirdan yaltirab ketgan toʻn va sal nariroqda uzun poʻstin. Chol yomon tush koʻrgandek, seskandi. Quruqshab qolgan ogʻzi tamshandi, u yoq-bu yoqqa alangladi. Hech kim yoʻq. Bundan xoʻrsindi va koʻzidagi yosh ajin bosgan yuzidan sizib tushdi. Qayta-qayta yutinarkan, qorni ochligini his qildi. Turay desa, madori yoʻq. Nogiron oyogʻi azob beryapti. Shodi chol oʻylanib qoldi:
«Mehmondorchilikka ketganmikin?»
Shu paytda Shodi chol kampiri Gulsarani esladi va unga oʻgʻli Asliddinning bergan azoblarini dod solib aytgisi keldi.
«Nahotki men ardoqlagan bittayu bitta oʻgʻlim meni shu koʻyga solsa?! Nahot men ishongan, suygan oʻgʻlimga urush yaralagan bitta oyogʻim yetmayotgan boʻlsa?»
Shodi chol oʻziga-oʻzi savol berar, qaerda qanday xato yoki gunoh qilganini anglolmay garang edi. U ikkinchi jahon urushida chap oyogʻidan yaralangandan keyin, oyogʻi kesib tashlangandi. Mana, oʻshandan buyon oyoqsiz, qoʻltiqtayoqda yuradi. Ammo shukr deydi. Bitta oyogʻi butun, sog'-salomat yurtiga qaytib keldi.
Darvozaning taqillashi Shodi cholning xayolini uchirdi.
— Voy-vu, sassiq… — dedi kichik nabirasi Mirolim. — Aya, ovqatga qornim toʻymadi, uydagi goʻjadan solib bering.
— Xoʻp, bolam. Menga qaranglar, dadang kelguncha tezda hovlini yigʻishtirib qoʻyinglar. Anavi cholga ham qaranglar, — dedi Omina opa.
Shodi chol oʻzini uxlaganga soldi. Barcha gaplarni eshitsa-da, ichiga yutdi. Tomogʻiga achchiq narsa tiqilganday boʻlib, koʻzlarini yumdi. Bu paytda nabiralari issiqqina uyda goʻja ichishardi. Loaqal qizi Oynavo ham xabar olmaydi.
«E, nimalar deyapman, oʻyladi chol. — U ham birovning xasmi. Oʻzi bilan tinib-tinchib yurgani maʼqul. Kichkinasining tobi yoʻq, deb eshitgandim, yaxshimikin? Nima boʻlganda gʻam tinch boʻlsin-da».
Chol shunday oʻylar bilan qoʻltiqtayogʻini oldi. Sekin chorpoyadan tusharkan, uy ichidan kelayotgan issiq patirning hidi dimogʻiga urildi.
«Mehmondorchilikdan olib kelingan chogʻi?» oʻyladi chol. Uydagilar jizzali patirni yeb turganida, chol eshikning tirqishidan sekin moʻraladi. Labini yaladi. Eshikni ochib, ichkari yurdi. Qorni ochiqib, jizza patirga qaradi.
— Ha, naʼshangiz qochdimi, chol? Chiqing, tez bu yerdan, xonaning havosi buziladi, — dedi burnini jiyirgancha kelini Omina olaqarash qilib.
Shodi chol dasturxondagi patirni olasolib, uyni tark etdi. Chorpoyaga chiqdi. Tamshanib, patirning yarmini yedi. Yelkasidan tog' agʻdarilganday boʻlib, qolganini yostiq tagiga soldi. Yostiqqa boshini qoʻyib, yana oʻyga choʻmdi.
Qishloqda ham, tumanda ham eng koʻp nafaqa oladigan kishi Shodi chol boʻladi. Bayramlarda davlatdan mukofotlar, mashina ham berilgan. Koshkiydi, shu pullarni oʻzi olsa. Asliddin ham cholning pullariga ishonib, bir ishning boshini tutmagan. Anavi zahri qotildan ichib oladi-da, mashinani u yoqdan-bu yoqqa haydaydi. Bir yilga bormay, mashinani buzib, garajga soldi-qoʻydi.
Cholning kechki sovuqdan eti junjikar, uzun poʻstindan oyogʻi chiqib turardi. Chol xayolida gapirardi. Nega urush sovuqlarini koʻrgan, zabardast, yursa oyoqlaridan oʻt chaqnaydigan yigit shu ahvolga tushgan?..
Ota sovuqdan ingradi va oʻyladi: «Oʻgʻlimni chaqiraman!»
— Asli… Asli… bolam, — ovozi titrab chiqdi cholning.
Tun qorongʻisi qishloqni mavh etgan, uzoq-uzoqlardan itlarning ovozi eshitilardi. Chol oʻgʻlini ancha payt chaqirdi. Ammo ichkaridan na oʻgʻli, na kelini va na nabiralari chiqdi. Cholning koʻzlaridan alam, nafrat va umidsizlik hissi toʻkilardi.
Ertalab nabiralarining shovqinidan uygʻonib ketgan chol majolsiz koʻzlarini ochib, atrofga boqdi. Asqar bilan Mirolim oʻynab yurishibdi. Biroz oʻtgach, bolalar uyga kirib ketishdi. Anchadan keyin qoʻllarida non, mayiz bilan koʻcha tarafga ketishdi. Chol yostiq tagidan kechagi jizzali patirni oldi. Qotib tarasha boʻlibdi. Tamshanib, yedi-da, yarmini yana olib qoʻydi.
Darvoza ohista taqillab, kimdir ichkariga yurdi.
— Shodi ota, uydamisiz? — tomoq qirdi yon qoʻshnisi Karim chorpoya tomon yaqinlashib kelarkan.
— Assalomu alaykum, Shodi ota, yaxshimisiz, bardam-baquvvatmisiz? Bir xabar olay, deb kirgandim. Tuzukmisiz?
Cholning yuragi toʻlib turgan ekanmi, yosh boladay yutinib yigʻladi.
— Karim, menga bu azoblar qaerda qarab turuvdi?! U-xu-u-xu… — yoʻtaldi chol.
— Tinchlikmi, Shodi ota, ahvolingiz yaxshimi?
Karim shunday savol berdi-yu, oʻzi uyaldi. Chunki cholning yuz-koʻzidan ahvolini bilsa boʻlardi. Karim chorpoyaga oʻtirdi.
— Asliddin qani, uydami? Kelin-chi?
Notanish ovozni eshitgan chogʻi, xoʻppa semiz, gavdali odam labini yalab, bamaylixotir chiqdi.
— Ha, namuncha baqirasiz, Karim aka? — deya kekirdi Asliddin.
— Oʻv, menga qara, — alam bilan gapirdi Karim, — otangni buncha qiynaysan noinsof?! Ahvoliga bir qara, na uyingga kirgizibsan, kechki sovuqdan qaltirab oʻtiribdi.
Asliddin bu nasihatlarni koʻp eshitganidan ijirgʻanib turardi.
— Ey, menga qara, ovqatidan xabar olmaysan, bu bir, oldiga qoʻygan tovogʻing it yalogʻidan battar, ichidagi oʻn kunlik yuvindini oʻzing ich, tushundingmi, sadqai odam ket-e! — dedi jahl bilan Karim.
— Menga qarang, Karim aka, ota meniki, xohlasam qarayman, xohlamasam qaramayman, ishingiz boʻlmasin! — dedi qoʻlini paxsa qilib Asliddin.
Shodi chol mungli koʻzlarini moʻltiratib turardi.
— Otaxon, xafa boʻlmang, keliningiz Mavludaga aytamanhali ovqat olib chiqib beradi. Bu goʻrsoʻxta oʻgʻlingiz hali jazosini oladi, vijdonsiz…
Karim umidsiz qoʻl siltadi va shahd bilan uyiga yoʻl oldi. «Bilganingni qil» deganday, Asliddin ham uyiga kirib ketdi. Oʻrtada yana chol ilojsiz qolaverdi.
Shodi boboning kunlari shunday maʼnosiz oʻtar, tobora ahvoli ogʻirlashib borardi.
Kech kuz. Shamol uvlaydi. Bargsiz daraxtlarni shamol tinimsiz savalaydi. Qorongʻi, osmonda oy ham yoʻq. Chiroqlar oʻchgan. Shodi chol Asliddindan xavotir olib, qoʻltiqtayogʻi bilan darvoza tarafga yurdi. Uning koʻzi oʻtmas edi. Koʻp yigʻlagani uchunmi yo sovuqlarda koʻzining nuri ketdimi, oʻzi ham bilmaydi. Oyogʻi nimagadir taraqlab tegdi, soʻkindi. Darvozani paypaslab topganday boʻldi. Kimdir gʻudranib, gapirganini eshitdi:
— Ha, nimaga bu yerda sangʻib yuribsiz?..
— Bolam, kechga qolding, xavotir oldim. Kun sovuq boʻlsa, bugun yomgʻir yogʻadi, shekilli, uyga kirib yotsam, devdim, bolam.
Asliddin boya chol urilgan narsaga urilib, gandirakladi. Jahli chiqib, nima qilarini bilmay, garangsidi.
— Menga qarang, anavi kuni olgan pensiyangiz qani? Omina soʻrasa, bermasmishsiz.
Asliddin cholning yelkasiga qoʻl tashladi. Chol indamadi.
— Sizga gapiryapman! — ovozini balandlatdi Asliddin.
— Yoʻq, — keskin javob berdi chol. — Oʻlimligimga olib qoʻydim. Senga kunim qolib, nima koʻrdim?..
— Nimaga yoʻq, nimaga?! — gʻazabga toʻldi koʻzlari oʻgʻlining.
— Pul soʻraginingcha uydan joy bersang boʻlmasmidi, padarkush…
Shodi cholning ovozi titrab, baland eshitildi.
Asliddin mast-alast tebrandi. Otasining soʻzlari asabini oʻynatdi. Nima qilayotganini bilmay, nafrat bilan otasiga qaradi. Mastlik uni girdobiga tortdi va oʻz otasini vahshiylarcha savaladi.
— Hammang bir goʻrsanglar, hali men senlarga padarkush boʻldimmi?.. Mana… Mana…
Bunday holatga chidolmayotgandek osmon ham gumburlar, chinqirar, yigʻlayotgandek, yomgʻir tomchilardi…
* * *
Ertalabdan koʻngli behuzur boʻlib, gʻalati tushlaridan uxlolmagan Oynavo tura solib roʻmolini oʻradi. Muzdek suvga yuzini yuvdi. Erini uygʻotdi:
— Aʼzam aka, bolalarga qarab turing, men otamnikiga ketyapman, — dedi taxmonga koʻrpalarni yigʻar ekan ayol.
— Namuncha, ertalabdan tushingga kirdimi? — oʻgirilib yotdi Aʼzam.
— Bilmadim, borib koʻrmasam, koʻnglim joyiga tushmaydi.
Darvoza lang ochiq turar, hovli esa jim-jit.
— Dada, qaerdasiz? Asliddin? — titrardi Oynavo.
— Oynavo… qizim… — Ogʻil tomondan ovoz eshitildi.
— Dadajon! — Oynavo yugurib ogʻilga kirdi. Cholni suyab tashqariga olib chiqdi. Cholning yuzi momataloq boʻlib shishgandi.
— Voy, dada, yuzingizga nima qildi?
— Qizim… ukangni cha-q-qir, t-t-tez bo'-l-l, — sekin-sekin nafas olardi chol.
— Asliddin! — jon holatda baqirdi Oynavo. — Kelin, qarasalaring-chi, yordam beringlar…
Zinali eshik shahd bilan ochilib, ichkaridan Omina, keyin Asliddin chiqdi.
— Ota, ota, sizga nima boʻldi? — kuyingan boʻldi Omina kelin.
— Nimaga qaramaysizlar, odamlar aytsa, ishonmabman, mening koʻzimga ekanda-a, ha, essiz nima qildilaring otamni. Asliddin, gapir? — yigʻladi Oynavo.
Shovqin-surondan Karim yugurib keldi. Cholni chorpoyaga yotqizishdi. Asliddin esa kecha qilib qoʻygan ishini elas-elas eslab, qoʻrqib ketdi. Shodi chol gapirishga qiynalar, tez-tez nafas olardi.
— Qizim… Oynavo…
Oynavo cholning ogʻziga suv tomizib, alam bilan yigʻlardi.
— Sendan roziman, bolam… — oʻksinib gapirdi chol. — Ukangni yolgʻizlatib qoʻyma, mendan rozi boʻlinglar…
Chol yana allanimalar dedi. Ammo uning soʻzlariga hech kim tushunmadi. Yeru koʻkni alamli chinqiriq egalladi.
* * *
Shodi cholni tuproqqa qoʻyishdi. Kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi. Shodi chol hammaning yodidan chiqqandek boʻldi. Ammo baʼzilarga cholning oʻrni bilindi. Endi Asliddin va uning tannoz xotini pulsiz qolishdi. Mashinani ham sotib, yeb boʻlishdi. Boylik va pulga oʻrgangan Omina endi Asliddinga pul topishni aytib, uydan chiqarib yuborardi.
— Siz tayyor pul manbaini oʻldirdingiz, endi oʻzingiz pul topib keling, boʻlmasa, siringiz ochiladi.
Ilojsiz qolgan Asliddin togʻasi Amirning fermasidan bitta ot oldi. Arava xarid qildi. Ayni kuzgi yigʻim-terim payti kechasi bilan birovlarning joʻxori poyasini uyiga tashir, soat kechki oʻn ikkilarda bozorga, qoʻshnilarining yukini, mol va oziq-ovqatlarini oborardi. Na uyquda, na yeb-ichishda halovat bor. Gavdali va semiz yigitdan asar ham qolmagan, ozib choʻpday boʻlib ketgan edi.
Qishning izgʻirin kunlari. Shodi cholning vafotiga ham besh yil boʻldi.
Asliddin uyiga keldi. Uning isitmadan tanasi qaqshar, koʻzlari kirtayib, quvvatsiz edi.
— Yana nimaga keldingiz? Topgan pulingizning tayini yoʻq. Yana ovqat yeyman deysizmi, menga qarang, boring, anavi tovuqxona oldidagi hujraga borib yoting, — deya Omina uy eshigini zarb bilan yopib, kirib ketdi.
Hujra qorongʻi va vahimali edi. Derazadan tushayotgan ozgina yorug' otasidan qolgan uvada koʻrpacha va hoshiyasi bir xil ikkita yostiqni koʻrsatib turardi. Asliddin alam bilan oʻkirdi. Oʻzini koʻrpacha ustiga tashladi. Shu zaylda uxlab qoldi. Tushiga otasi kirdi. Oʻgʻliga orqa oʻgirgan, mungli koʻzlarini qadab turar edi. Ikkinchi tomondan onasi paydo boʻldi. Onasi qon-qon yigʻlar, boshini sarak-sarak qilib, dod solardi. Keyin birdan nur yoʻqoldi. Qorongʻilik domi Asliddinni yutib yubordi. Ominaning jarangli kulgisi, onasining yigʻisi va otasining diydasi namoyon boʻldi-yu, seskanib tushdi. Tanasi choʻgʻday yonar, joni chiqqudek nafasi boʻgʻilar, kimdir boʻgʻayotgandek tipirchilar edi. Shu payt hujra eshigi shahd bilan ochildi.
— Menga qara, tur, bozorga ketadigan Mahsum etikdoʻz bilan otarchi Oxun kelibdi. Narsalarini aravangga ortda, bozorga joʻna! — baqirib gapirdi Omina.
Itoatkor qulday tebranib-tebranib, hujradan chiqqan Asliddin nomus qilganidanmi, qishloqdoshlari oldida oʻzini tutishga harakat qildi. Ot-aravani qoʻshib, ularning narsalarini ortdi va bozorga ketdi. Yoʻlda birdan koʻz oldi qorongʻilashdi.
— Asli aka, tuzukmisiz? — xavotir bilan gapirdi Mahsum etikdoʻz.
— Ha-a… — ovozi zoʻrgʻa chiqdi erkakning.
Asliddin otni bogʻlab, aravani bozor chetiga olib bordi. Majolsiz arava sathiga yiqildi. Koʻz oldiga otasining oʻlimi keldi. Ayovsiz ogʻriq va tanasining zirqirashi yuragiga sanchiq berdi. Opasi Oynavo, oʻgʻillari koʻz oldida gavdalandi. Yomgʻir aralash qor yogʻardi. Asliddinning tili kalimaga kelmasdan, yuragiga nimadir tiqildi. Chin dunyoga koʻzlari ochiq ketdi.
Soʻngsiz nadomat va afsuslar, turli taqdirlar va xatolar, baxtli va baxtsiz umrlarni koʻrgan osmon ham, bu gal qoʻl siltagandek, bemalol turar, marjondek yomgʻirlar qorga aylangan edi…
— Jala quyib, bozor ham bozor boʻlmadi, ie, manavi odam oʻlib qolganga oʻxshaydi, — dedi kimdir.
— Bu Asliddin aka-ku, voy bechora, hech kimning boshiga solmasin, yaqinlariga xabar berish kerak, — dedi Mahsum etikdoʻz.
Kimdir achinar, kimdir afsuslanar, kimdir esa yoqasiga tuflardi.
Karim aka bozorlik qilib qaytar ekan, mudhish voqeaning ustidan chiqdi.
— Qargʻish yomon, ha, xom sut emgan banda oʻz kelar kunini bilsa-da, gunoh soyasida yashayverarkan-da, — deya ogʻir xoʻrsindi Karim aka.
Mahsum etikdoʻz ot-aravani qoʻshdi. Karim aka bilan ikkovlashib mayitni aravaga ortishdi va qishloq tomon yoʻl olishdi….

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!