📖 Hikoyalar

Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sugʻorsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”

2 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Nishonga urilgan gaplar: “Agar erkak ayolini suv bilan sugʻorsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi”
Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yoʻlni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi "Boʻl” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa boʻlur”(Yosin surasi, 82-oyat).
*****
Agar erkak ayolini suv bilan sugʻorsa, (ayoliga suv ichirsa), ajr oladi.
Imom Ahmad va Imom Buxoriy "At-Tarix al-kabiyr”da rivoyat qilgan.
*****
Allohim, namozni sevib ado etadiganlardan qilgin va uni biz uchun dunyodagi eng mahbub narsa etgin!
*****
Dunyo issigʻiga «oh-voh» deymiz.
Ey Robbim! Bizni oxirat olovidan asra!
*****
ALLOH MEHRIBONDIR!
Bashariyat qonunida: «Agar oʻrtadagi ishonch sinsa (yoʻqolsa), qayta tiklanmaydi».
ALLOH TAOLONING QONUNIDA: GUNOHDAN TAVBA QILUVChI KIShI GUNOHSIZ KIShI KABIDIR!
*****
Sizdan "Goʻzallik qaerda” deb soʻrasalar, ularga "Goʻzallik Alloh taolodan hayo qiladigan yuzlarda” deb ayting!
Jaloliddin Rumiy rahimahulloh
*****
Kuni kelib ketaman. Men bilan birga kulgularim, sukutlarim, ogʻriqlarim, shodligim, bezovtaligim ham ketadi. Xotiramdan boshqa narsa qolmaydi.
Ey Robbim! Yaxshi nom qoldirishimni, mendan yaxshi xotira qolishini nasib etgin!
*****
Kim onasiga yaxshilik qilishni qoʻldan boy bergan boʻlsa, hayotining hammasini boy beribdi.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Vafot etganlar qoʻldan boy bergan amallari uchun qabrlarida nadomat qilgan holda mahbusdirlar. Tiriklar esa vafot etganlar nadomat qilayotgan ishlar uchun bir-birlari bilan urushgan holda dunyoda mahbusdirlar. Yo qabrdagilar tiriklarning oldiga kelib, "Bunday qilmanglar! Biz shu ishlarimizga pushaymon boʻlib yotibmiz” deya olmaydilar yoki tiriklar oʻlganlardan ibrat olmaydilar. Ey Robbim, bizni gʻaflatdan uygʻotgin va xotimamizni goʻzal qilgin!
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Koʻz yoqtirganini istaydi. Aql uni tushunadiganni istaydi. Ammo ruh faqat oʻziga oʻxshaganini istaydi.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Onang sendan rozi ekan, hech ziyonga uchramaysan.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Salomatliging seni tashlab ketganda ham, soliha ayol aslo tashlab ketmaydi.
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar ichingda bir ovoz "Bu halol”, "Bu harom” deb aytayotgan boʻlsa, qalbing tirikligi uchun Robbingga hamd ayt!
"Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar farzandlaringning oyoqlari yerda sobit turishini istasang, ularning zimmalariga baʼzi masʼuliyatli yuklarni ort.
"Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ikki ish sening shaxsiyatingni belgilaydi:
Hech narsaga ega boʻlmagan paytingdagi sabring. Hamma narsaga ega boʻlgan paytingdagi tasarrufing.
"Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Buyuk insonning buyukligi sodda, faqir insonlar bilan qiladigan muomalasida koʻrinadi.
"Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ishing oʻngidan kelganda doʻstlaring sening kimligingni bilishadi. Ishing orqaga ketganda sen doʻstlaringning kimligini bilasan.
Ibrohim Fiqiy
*****
Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga oʻt qoʻyiladi. Shu sababli hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga taʼsir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma!
Ibrohim Fiqiy
*****
Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda koʻrmaslikini orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni oʻziga olishni orzu qiladi.
Mahmud Darvesh
*****
Muhabbat — oʻzaro yakdillik, ulfatlikning vujudga kelishi, yasamalik, soxtalikning yoʻqolishidir. Munosabatlarda yolgʻonga oʻrin yoʻqligini anglab yetishdir. Agar ikkingiz sukut qilsangiz, sukutingiz yoqimli, shirin boʻlishi, agar biringiz gapirsangiz, sherigiga uning gapini tinglash yoqimli boʻlishidir.
Mustafo Mahmud
*****
NASIBA
Sen uchun taqdir qilingani, hatto ikki tog' orasida boʻlsa ham, senga nasib etadi.
Sen uchun taqdir qilinmagani, hatto ikki labing orasida boʻlsa ham, senga nasib etmaydi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!