📖 Hikoyalar

Sevgi haqida ajoyib hikoya

8.3K marta oʻqildi
Sevgi haqida ajoyib hikoya
Yigit bilan qiz hayvonot bogʻiga borishdi. Urgʻochisi bilan oʻynayotgan maymunni koʻrishdi. Qiz: «Qanday romantik sevgi?!» deydi.
Qafasdagi sherlarning oldiga borishganda ular jimgina oʻtirgan ikkita sherni koʻrishdi, sherning urgʻochisi narida yotardi. Qiz: «Qanday gʻamgin sevgi» deydi.
Oʻshanda yigi: «Ularga boʻsh shisha butilkani tashlagin, nima boʻlishini koʻrasan». U butilkani tashladi. Sher irgʻib sakrab, oʻz urgʻochisini himoya qildi.
Yigit «Maymunlar qafasiga tashla», debdi. Qiz butilkani tashlaganda maymun butilkadan oʻzini himoya qilib, urgʻochisini tashlab qochdi. Yigit qizga «Oldingda oʻzini namoyon qilayotgan odamlarga aldanma. Odamlarni oʻzining soxta tuygʻulari bilan aldaydiganlar bor. Shunday insonlar borki, oʻz tuygʻularini sevgiga chulgʻangan yuraklariga ichiga yashirishadi» dedi.
Donolik ziynatining choʻqqisi: maymunlar qanchalar boʻlsa, sherlar shunchalar kam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!