ANTIQA EʼLON!

EʼLON!!! Yuragimni yaxshi qoʻllarga topshiraman ! — Assalomu alaykum, kechirasiz, men eʼlon boʻyicha qoʻngʻiroq qilayotgandim. Yuragini yaxshi qoʻllarga bermoqchi boʻlgan odam sizmisiz?— Menman. — Ilgari foydalanilganmi? — Ha. U 3 yil mobaynida bir insonga koʻngil bergan. — Hmm... 3 yil foydalanish — bu anchayin katta muddat ! Nima uchun berib yubormoqchisiz? — Avvalgi sohibi yurakdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalangani yoʻq. Uni tilib, ogʻritgan, oʻynab, unga oʻtkir tigʻli buyumlar sanchgan... Yurak ogʻrinib, qon yigʻlar, ammo har doim avvalgidek oʻzining asosiy vazifasini bajarardi: uni sevardi... Kunlarning birida yurak sohibi uni oldiyu, sindirib, chilparchin qildi... — Qanday qilib sindiradi ?! Axir, siz tuzatishga bermadingizmi? Nima deyishdi sizga? — Qayta tiklashga yaramaydi... — Boʻlmasa nima uchun eʼlon berdingiz? Nahotki, sizning chilparchin boʻlgan yuragingiz kimgadir kerak, deb oʻylasangiz? — Dunyoda uni parchalardan yigʻilib, tiklay oladigan inson borligiga ishonaman. Oʻsha inson bergan mehri va sarflagan vaqtiga achinmasligiga ishonaman. Yana shunga ishonamanki, u yurakka ikkinchi bor hayot bera oladi... — Men... men urinib koʻraman. Bu albatta, mashaqqatli, qiyin narsa, ammo natijasi bunga arziydi. Siz menga boror-bir kafolat bera olasizmi? Agar men uni asl holatiga keltirolsam, yuragingizni jonlantirolsam... u yana qancha muddat sevishga qodir boʻladi? — To urishdan toʻxtamagunicha... — Eʼlonda qayd etishingizcha, uni bir shartga koʻra berar ekansiz... — Ha. Men unga ogʻriq yetkazmasligingizga amin boʻlishim kerak. — Afsus, men kelajakni koʻra olmayman. Sizga u boshqa azob chekmaydi, deb toʻla ishonch bilan ayta olmayman... Ayni damda qila olishim mumkin boʻlgan narsa — bu uning evaziga sizga oʻz yuragimni berishim... — Men roziman ! — Meni ham bitimimizning barcha shartlari qoniqtiradi. — Demak, ayirboshlash uchun ertaga uchrashamiz, shundaymi? — Ha. Koʻrishguncha, azizam. — Ertagacha, muhabbatim...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!