Uzoq kutilgan sovgʻa

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uygʻota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda boʻldi. Bolalar uygʻonar-uygʻonmas chugʻurlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga oʻhshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab oʻtirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili yangi yil kirishidan bir kun oldin uhlamaydi. Hudodan ertaga Qorbobo dadasini olib kelishini soʻraydi.
"Mexribonlik uyi”ga qachon kelib qolganini eslolmaydi. Onasi uni dunyoga keltirib olamdan oʻtganligini sal katta boʻlgach bilgan. Tarbiyachi aytgan. Xali 11 yoshda ekanligiga qaramasdan ogʻir-bosiq boʻlganligi uchun tarbiyachi unga ishonardi. Xar doim xam sir yashiravermasdi. Onasidan faqatgina tumor oʻrnida qoʻliga taqib yuradigan munchoq qolgan. Doim onasini qoʻmsasa, munchoq bilan gaplashadi. Otasi borligin qalbdan xis qilardi. Qachonlardir, albatta, izlab kelishiga qattiq ishonardi. Shuning uchun faqat Qorbobodan xar safar shuni soʻrardi.
* * *
Ertalab soqolini olayotgan Sarvar oʻng yuzidagi noʻhatdek holini tilib yubordi. "Yahshilikka boʻlsin”,- deb qoʻydi ichida. Oʻzi hotinidan ajrashgandan buyon kam soqol oladi. Tongda zavodga ketib, kechga qaytar, koʻcha-kuy, toʻy-maʼrakalarga kamroq qatnashardi. Faqatgina bir odati bor, xar yili 31-dekabr' kuni barvaqt turib, oʻziga qaraydi. Bozorga boradi. Xar hil sovgʻalar oladi. Kechqurun "Mexribonlik uylari”ga Qorbobo boʻlib boradi. Aslida, bolalar jon-u dili. Hotini bilan xam farzand boʻlavermagach ajrashgan. Uydagilari qancha qistasa xam boshqa uylanmadi. Keyin bildi, ajrashayotgan vaqtida hotini xomilador ekan. Oʻgʻil koʻribdi-yu, olamdan oʻtibdi. Sarvar oʻgʻli xozir qaysidir "Mexribonlik uyi”daligini bilardi. Biroq, ismi xam, tashqi koʻrinishi xam unga begona. Qanchadan-qancha xujjatlarni titkilab chiqdi, shaxardagi xar bitta arhiv idorasiga bosh suqdi. Boʻlmadi. Endi esa umidi faqatgina taqdirdan. Bir tomoni oʻz oʻgʻliga gʻamhoʻrlik qilolmayotganligidan, yana bir tomoni ota-onasi vafot etgan yoki tashlab ketgan norasidalarga kimdir mexr koʻrsatishi kerakligidan, qolaversa, koʻngilning bir chetidagi oʻgʻli bilan uchrashib qolish umidida xar Yangi yil bayramida u Qorbobo kiyimini kiyadi.
* * *
"Mexribonlik uyi”da bayram boshlandi. Deraza qor bilan qoplangan, oppoq tun koʻzni qamashtirgudek goʻzallik kashf etgan. Xamma oʻyin-kulgu bilan band. Yodgor esa jimgina tashqariga tikilgancha oʻtiribdi.
Davraning oʻrtasida yigit va qiz – ikki boshlovchi qiziqarli oʻyinlarni oʻtkazayapti. Qoʻshiqlar aytilib, raqslar, saxna koʻrinishlar namoyish etildi. Biroq, barcha ich-ichidan Qorboboni kutyapti. Kimdir yangi yil xaqida yodlagan sheʼrini ichida takrorlaydi. Yana kimdir nima sovgʻa olishi xaqida oʻylaydi...
Nixoyat, bolalar bor ovozda baqira boshlashdi: "Qorbobojon! Qorbobo!..”
"Men sizlarni oldingizga uzoq tog'-u toshlardan, oʻrmonu daryolardan oʻtib kelyapman!” Qorboboning ovozini eshitib Yodgor xam davraga qoʻshildi. Xamma hursand. Bitta-bitta sheʼr aytish boshlandi. "Navbat Yodgorbekka!”-dedi boshlovchi. Yodgor negadir Yangi yil, Qorbobo xaqida emas, boshqacha sheʼr boshlab qoldi:
Oʻksimagin o, yurak
Boʻlma homush, boʻlma lol:
Mening otam – oqterak,
Mening onam – majnuntol.
Osmonda oy yolgʻizdir,
Yolgʻizman men xam, ahir.
Mening opam – yalpizdir,
Singlim lola qonbagʻir.
Toʻshagim shu shoʻr tuproq,
Koʻrpam koʻkda bulutdir.
Mening akam Ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Tabassumim chaqmoqlar,
Yomgʻirlar – koʻz yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar,
Qoplon qarindoshimdir.
Yov xisobin qilmayman,
Mard boʻlsa jon fidodir.
Doʻstlarim kim, bilmayman,
Mening yorim – Hudodir.
Yoshgina bolaning Muxammad Yusufning shunday sheʼrini aytayotgani Qorboboning xam diqqatini tortdi. Birdan eʼtibori bolaning oʻng yuzidagi holiga tushdi. Ichidan zil ketdi. Xayollarida xar hil savollar aylana boshladi:
"Shu mening oʻgʻlimmasmikin?.. Aytayotgan sheʼri gʻalati, yuzidagi holi xam huddi menikidek... Farzandim shu boʻlsa?.. Naxotki, 11 yil deganda nixoyat, topdim!?.. Agar boshqa boʻlsa-chi? Ahir, odam odamga oʻhshaydi-ku?!. Xozir "Oʻgʻlim” desam-u, begonaligini bilgach, tashlab ketaversam, koʻngli oʻksimaydimi?!..”
Yodgor sheʼrni tugatib joyiga qaytdi. Oʻziga berilgan sovgʻani ochib xam koʻrmadi. Fikr-u xayoli Qorboboda, ich-ichidan ishonadi: "Ana shu Qorbobo menga dadamni olib keladi”.
Bayram tugadi. Qorbobo ketishga xozirlik koʻra boshladi. Yodgor yugurib bordi-yu, Qorboboning engidan tortib, oʻziga qaratdi. Qorbobo xam engashib uning yuziga emas, yuzidagi holiga qarab turaverdi. "Qorbobo, keyingi kelganingizda dadamni olib keling”,- dedi Yodgor moʻltiragancha ikki qoʻlini bir-biriga chalkashtirib. Shundagina Qorbobo bolaning qoʻlidagi hotini xar doim taqib yuradigan munchoqni koʻrdi-yu, Oʻgʻlim! deya uni bagʻriga erkalab, suyub bosdi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!