Qabrda xam RASHK qilaman

(Xayotiy hikoya)
Bir yigit dinu diyonatli va goʻzal hulqli qizga uylandi. Ikki yosh bahtli xayot kechira boshladi...
Oradan uch yil oʻtdi. Ammo taqdir taqozosi bilan Allox taolo farzand bermadi. Qator shifokorlar xuzuriga borishdi. Ohir oqibat tekshiruvlar hulosasiga koʻra ayol farzand koʻra olmasligi maʼlum boʻldi. Bundan habar topgan kuyovning yaqinlari unga oilasi bilan ajrashib, boshqa bir ayol ila xayot kechirishi zarurligini aytishdi.
Ikki oʻt orasida qolgan yigit onasi va yaqinlariga qatʼiyat ila: “Ayolimni tugʻmaydigan pushtsiz deb oʻylaysizmi? Aslida, xaqiqiy bepushtlik farzand koʻrmaslikda emas, balki er-hotin oʻrtasida mustaxkam tuygʻu va pokiza muxabbatning yoʻqligidadir. Men undan roziman. U xam mendan rozi. Boshqa bu mavzu xaqida soʻz ochmanglar”, dedi. Orada farzand boʻlmasligi ikki yoshning bir-biriga nisbatan mexr-muxabbatning yanada ziyoda boʻlishiga sabab boʻldi.
Shu zaylda oradan toʻqqiz yil oʻtdi. Kunlarning birida ayol oʻzida baʼzi bir oʻzgarishlarni sezdi. Shifokorga murojaat qilishganda, unda ogʻir xastalik borligi, uzogʻi bilan yana besh yil umri qolganini aytishdi. Ayolning xolati borgan sari ogʻirlashib borardi. Shifokorlar ayolning turmush oʻrtogʻiga: “Ayolingiz shifohonada boʻlgani yahshi. Doimo shifokorlar nazoratida boʻladi deyishdi”. Biroq er bu taklifga rozi boʻlmasdan, tibbiy muolaja uchun kerak boʻladigan barcha narsani uyda muxayyo qilishini aytdi. Uyida ayolining tibbiy davolanishi uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni tayyorladi va bitta xamshirani unga qarashi uchun yolladi.
Yigit ishhonasining raxbari mazkur voqeadan habar topib, unga xar kuni ishga ikki soatga kelib, qolgan vaqtda esa, oilasiga qarashi uchun ruhsat berdi. Er ishdan qaytgandan soʻng ayoliga taom pishirib, unga oʻz qoʻli bilan edirar, soʻngra uni bagʻriga bosib, koʻnlini koʻtaradigan narsalar aytib berardi.
Ayoli vafotidan oldin biror kishiga bildirmasdan xamshiraga kichkina quti berib, uni faqatgina olamdan oʻtganidan keyingina eriga berishini tayinladi.
Ayolning axvoli ogʻirlashib, xayotdan koʻz yumdi. Ertasi kuni xamshira kelib, oʻziga topshirilgan omonatni yigitga topshirdi.
Er qutini ochganda uning ichida toʻydan keyin ayoliga xadya qilgan atirning boʻsh idishi, toʻy kuni birga tushgan rasmi va sizni Allox uchun yahshi koʻraman deb yozilgan kumush uzuk turardi.
Uning ostida hat boʻlib unda quyidagilar yozilgan edi: “Suyukli mexribon jufti xalolim! Mendan ayrilib qolganizga maxzun boʻlmang. Alloxga qasamki, agar menga ikkinchi marotaba umr berilganida xam xech ikkilanmasdan albatta siz bilan yashashni tanlardim. Lekin siz hoxlaysiz, men xam hoxlayman. Biroq, Allox taolo nimani hoxlasa shu boʻladi. Suyukli mexribonim! Sizga meni ohirgi aytadigan soʻzim, vafotimdan keyin biror solixa ayolga uylaning. Siz vazifangizni aʼlo darajada bajardingiz. Umid qilamanki, qiz farzand koʻrsangiz meni ismimni qoʻyasiz. Shuni biling-ki, qabrda boʻlsam xam sizni yangi oilangizdan rashk qilaman!...”.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!