Sabr jannatga yoʻldir

Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob oʻqidik. Nomi yodimdan koʻtarilgan, arab tilidagi sheʼriy kitobning mazmuni bunday edi: oʻn uch yoshli qiz ogʻir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qoʻlidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil soʻzlarini bunday bayon qiladi: “Onajon, siz meni yaxshi koʻrasiz, men ham sizni yaxshi koʻraman. Meni yaratgan Rabbimni esa hammadan ortiq yaxshi koʻraman. Siz meni dunyoga keltirdingiz, voyaga yetkazdingiz.
Olam-olam yaxshi tilaklar bilan, chiroyli kiyimlarda kuyovga uzatish orzusida edingiz. Endi bizlarni yoʻqdan bor qilgan, Oʻzini yanada yaqinroq tanitish uchun shu sinov-dardni bergan mehribon va rahmli Zot huzuriga oq libosda kuzatsangiz, xursand boʻlmaysizmi, onajon?
Sabrli bandalariga jannatni vaʼda etgan va soʻziga xilof qilmaydigan Alloh taolo imtihonlaridan chiroyli oʻtsak, goʻzal mukofotlar bilan siylaydi, inshaalloh.
Yigʻlamang, onajon! Hammamizning ham bu dunyodan ketar kunimiz bor. Oʻzingiz koʻp takrorlaydigan oyati karimani eslang: “Har bir jon oʻlimning totuvchisidir...” (Anbiyo, 35). Duo qiling, oʻlim farishtasi chiroyli holatda kelsin. Soʻnggi soʻzim imon kalimalari boʻlishini Alloxdan soʻrang, onajon!”
Onaizor bu haq soʻzlar qoshida nima deyishini bilmaydi, jimgina yigʻlab oʻtiradi. Vaqt-soati kelib, jigarporasini chiroyli holatda soʻnggi safarga kuzatadi. Sabr va umid bilan jannatlarda birga qilishini soʻrab, Alloh taologa duo qiladi...
Kitobni koʻzda yosh bilan oʻqib chiqqan edik. Yoshligimda oʻqigan asarlarimning hammasidan koʻra shunisi koʻproq yodimda qolgan. Buning ham hikmati bor ekan – oradan oʻttiz yil oʻtib boshimga oʻsha asardagi onaning kuni tushdi. Farzandimdan ayrildim.
Qizim oʻzining bu dunyodan ketishini bilib-sezib yursa ham, meni avaylagan, onamni qoʻrqitib yubormay, deb dardini ichga yutgan ekan. Oʻlimidan bir haftacha oldin: “Onajon, endi sizni xafa qilmayman, shod-xurram yayrab yashaymiz. Onaning mehri baribir boshqacha-da”, deb qoldi. Men turmushga chiqishidan oldin meni tinchlantiryapti, oʻzini boshqa oilaga koʻniktiryapti, deb oʻyladim (bir joyga uzatishga rozilik bergan edik). Qizim esa shu tarzda mendan, boshqa yaqinlaridan rozilik soʻrab olgan ekan.
Yuragi oldin ham bir-ikki marta bezovta qilgan edi. Dardini yengil sanagan, umri oxirlab qolganini sezmagan ekanman. Yuragi yana xuruj qildi. Kichik qizim va oʻgʻlim Yosin surasini oʻqiy boshlashdi. Shunda ham yaxshi boʻlib qolar, deb umid qildim. Qizimning oxirgi kalimasi: “Salamun qovlammir-robbir-rohiym”, yaʼni, (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur)” (Yosin, 58), boʻldi...
Ayriliq azobi ichra dod solgim kelardi. Ammo Allohning taqdiriga rozi boʻlib, ajru savoblar olinadigan vaqtda nolish moʻminlik oʻlchovlariga toʻgʻri kelmaydi. “Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun” kalimasiga tilim zoʻrgʻa aylanardi. Ogʻir sinovning iztiroblari bir tomon, Alloh roziligini topish uchun bu musibatga sabr qilishim kerakligi haqidagi oʻylar bir tomon... Yuragim yonar, oʻrtanar, koʻzlarimda yosh bilan sabr, kuch-quvvat soʻrab duo qilardim. Gʻam kuchini koʻrsatdi, hushimdan ketdim. Oʻzimga kelganimdan soʻng xayrlashish uchun olib kirishdi. Qizim chiroyli holatda yotar, goʻyo uxlayotgandek edi. Bolasini kafan ichra koʻrish ona uchun chidab boʻlmas holat. Ammo duolarim ijobatimi, sabrning kuchi nimalarga qodir ekanini oʻsha paytda his qildim. Koʻzimdagi yosh tindi. Tilimga soʻzlar quyilib kela boshladi:
“Bolam, Alloh taolo senga bu dunyoda ona boʻlishni menga nasib etdi, oxiratdagi onalaring Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) pokiza zavjalari boʻlsin. Rabbim seni menga berib, 25 yil xursand qildi. Senga Oʻzini, Paygʻambarini (sollallohu alayhi va sallam) tanish, Qurʼonni xatm qilish saodatini berdi.
Bu dunyoda yetmagan orzularingga oxiratda yetgin. Jannatlarda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kutib olsinlar... Safaring bexatar, savol-javoblarga tillaring burro boʻlsin. Diydor qiyomatga qoldi, bolam. Ilohim, menga jannatlarda peshvoz chiqqin...”

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!