Yovuz nigoxli ajina qiz

Bu hikoyani uzoq vaqtdan buyon yozaman, deya koʻnglimga tugib yurgandim. Biroq har safar qoʻlimga qalam olishim bilan oʻsha voqea koʻz oʻngimda gavdalanadi-yu, etim junjikib ketadi. Fikrlarim chuvalashganidan yozish ishtiyoqi ham soʻnadi. Meni dahshatga solgan qizning qiyofasi hali-hamon xotiramdan oʻchgan emas. U hozir ham ahyon-ahyonda koʻrinish berib qoladi. Sochi taqimini oʻpadigan oʻsha mallasoch qizning sovuq nigohi haqida barini bugun qogʻozga tushirishga qaror qildim.
Bu sirli voqea yuz berganida bola edim. Erkatoy, tantiq, gapga kirmas, quloqsiz qizaloq. Mehribon, mushtipar, koʻpni koʻrgan qari kampirning allamahalgacha oʻynab charchamaydigan, soʻng kun yoyilguncha koʻzlarini uyqudan ochishga erinadigan arzanda nabirasi.
— Tur, qizim, kun yoyilib ketdi. Erta turishni odat qilish kerak. Peshingacha uxlaydiganlar shaytonga sherik boʻladi. Qani, boʻla qol, koʻzlaringni och, — buvim shunday deya boshimni mehr bilan siladi.
Men boʻlsam:
— E, buvijon, tinch qoʻying, yana ozgina yotay, — dedim-da, bu yonimga agʻdarildim.
— Odamlarning bolalari azonlab uygʻonib, allaqachon koʻchalarni supurib-sidirib, mollariga qarab, sut sogʻib ham boʻldi. Bilmadim, mening nabiramga nima boʻlgan, hech oʻzidan bilib oʻrnidan turay demaydi, — deya arazlab javrashda davom etdi u.
Bizning uyda har tong xuddi shunday soʻzlar bilan qarshi olinadi. Buvimning oʻpkalashi anchagacha choʻziladi, mening qaysarligim esa chegara bilmaydi. Bu safar uning rosmana jahli chiqdi va shaxd bilan kelib, ustimdagi koʻrpani tortib oldi. Men karavotdagi buvimning yigʻilmagan koʻrpa-toʻshagini qoʻlimga oldim va chorboqqa qarab yugurdim. Buvim ortimdan:
— Hay-hay, qayoqqa? Qiz bola chorboqqa chiqib yotmaydi, qayt orqangga! U yerda jinlar bor-a! — deb qoldi.
Buvimning ogohlantirishiga qaramay, ortga qaytmadim. Chunki men bu soʻzlarga ishonmasdim. Buvamdan boshqa hech kim chorboqqa yolgʻiz chiqmas edi. Uyda faqat mengina bunday cheklovlarga boʻysunmasdim. Chorbogʻda har doim sukunat hukmron, jimjitlikni yolgʻiz qushlarning ovozi buzardi, xolos. Bu xilvat makon koʻzimga sirli tuyilar, baʼzi-baʼzidagina u yerdagi tinchlik koʻnglimga vahima solishini aytmaganda, boqqa chiqishni yaxshi koʻrardim. Buvam mehr berib qaraydigan daraxtlarning bari mevaga kirgan. Quyuq daraxtzor nihoyatda chiroyli, ifori ham yoqimli edi. Ayniqsa, yozda bu salqin goʻshada jazirama issiqning tafti sezilmasdi.
Chorbogʻda jiyda, anor, olma, anjir, gilos, behi, olxoʻri, oʻrik, oq va qora uzumlarning bir qancha navi bor edi. Chorbogʻning toʻrida basti qariyb daraxtlar bilan boʻylashgan buvam ekkan kungaboqarlarning yonida sim karavot qoʻyilgandi. Koʻrpa-toʻshakni karavotning ustiga toʻshadim-da, uxlagani choʻzildim. Qancha vaqtgacha yotganimni bilmayman, biroq shirin uyqum bir maromda tiqillayotgan qandaydir tovushdan tarqay boshladi. Ovoz borgan sari balandlashdi. Bu esa meni hushyorlikka chorladi. Beixtiyor koʻzlarimni ochdim. Boshim ustidagi eng katta kungaboqarning kosasida bir qiz oʻtirib, taxtachada sabzi toʻgʻrardi. Nozikkina, koʻhlikkina qizning sochlari oltin rangda tovlanardi.
U men tomonga bir nazar tashladi-yu, tagʻin diqqatini ishiga qaratdi. Shu birgina nigohdan butun vujudim muzlab qolganday boʻldi. Joyimda harakatsiz tosh qotdim. Qoʻrqqanimdan arang koʻrpaga boshimni suqdim. Boʻyi jimjiloqday keladigan uzun sochli qiz ketib qolar, degan xayolda edim. Oradan biroz muddat oʻtgach, ovoz tindi. Yurakka gʻulgʻula soluvchi sukunat choʻkdi. Men sekin koʻrpani tortdim. Haligi qiz naq boshim ustida egilib, uzun sochlarini tarardi. Bu safar u sovuq nigohini aslo mendan uzmadi. Shu qadar qattiq tikildiki, beixtiyor «Buvijon!» deya baqirganimni bilmay qolibman. Ming martalab «Buvi, buvijon!» deb chaqirdim. Qani endi buvim eshitsa…
«Uning quloqlari berkilib qolganmi, nima balo?» deyman oʻzimga oʻzim. «Mendan xafa boʻlgan, endi, baribir, chaqirganim bilan kelmasa kerak», deb oʻyladim, lekin keyin yaxshiroq eʼtibor qilsam, oʻzimning ovozim chiqmayotgan ekan. Qoʻl-oyogʻimda jon yoʻq, goʻyo shol boʻlib qolgan edim. Mana endi oʻldim degan xayolga ham bordim. Muzlab qolgan vujudimga sekin titroq kirdi, bor kuchimni toʻpladim-da, oʻrnimdan turdim va ortimga qaramay qochdim. Men chaqqonlik bilan darichani ochib, hovliga otildim. Tandirga olov yoqib, non yopishga chogʻlanayotgan buvim meni bir ahvolda koʻrib, kapalagi uchib ketdi.
— Ibi, man oʻlay, boʻtalogʻim, nima boʻldi? Nega buncha oqarib ketding? Rangingda rang yoʻq-ku!
U shunday deya yonimga kelayotgan edi. Mening koʻzlarim esa uning qora kovushlaridan boshqasini koʻrmasdi. Xullas, buvim yetib kelgunicha hushdan ketib qolibman. Koʻzlarimni ochganimda yonimda narigi qishloqda imorat qurayotgan amakimga yordamga ketgan ota-onam, buvam, barcha yaqinlarimni koʻrdim. Sochlarimni silayotgan buvim bir burdagina boʻlib qolgandi. Yuzimga uchuq toshib ketgan. Aytishlariga qaraganda, uch kundan buyon isitmalab yotgan emishman. Soʻzlashishga ham duduqlanib qiynalardim. Hamma nima boʻlganini soʻrardi. Buvim boʻlsa boshini qimirlatib, hech kimga hech narsa aytmaslikka ishora qilardi. Buvim ishora qilmaganda ham aytmasdim, chunki oʻsha nigohi sovuq qizni eslasam, tagʻin vahimaga tushib qolardim. Oradan ancha vaqt oʻtgandan keyin buvim menga men ilgari hech qachon koʻrmagan, dadamga oʻxshab ketadigan bir yosh yigitning suratini koʻrsatdi.
— Bu katta amaking boʻladi, qizim, — dedi u. — Vafot etganida atigi oʻn olti yoshda edi. Peshinda shu boqqa senga oʻxshab gapimga quloq solmay uxlagani chiqdi-yu, bir soatlardan keyin uyga yugurib kirdi. «Onajon, chorbogʻda koʻzlari jonni oladigan darajada yovuz boqadigan sochi uzun bir qizni koʻrdim», deb ostonada titrab-qaqshab aytgan soʻzlari hali ham qulogʻim ostida jaranglaydi. Bu uning oxirgi gapi edi. Chunki u oʻsha kecha isitmalab yotdi va qayta uygʻonmadi.
Buvimning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. U peshonamdan oʻpib, oʻrnidan turdi. Men boʻlsam hali ham oʻylovdaman. Marhum amakimga va menga koʻringan qiz, aslida, kim edi: ajinami yo pari?
Oʻsha hovlimiz va chorbogʻimiz hali ham bor, biroq avvalgiday chiroyli emas. Unga mehr berishdan charchamaydigan buvam endi yoʻq. Bog‘ ham bogʻbon tanlar ekan, dadam har qancha daraxtlarni parvarish qilishga urinmasin, ular avvalgiday hosil berishmaydi. Buvim ham olamdan oʻtganiga ancha boʻldi. Har safar chorbog‘ darichasiga qarasam, yuragim orqaga tortadi. Buvim singari endi men bolalarga kun yoyilguncha uxlamaslik kerakligini uqtiraman, ayniqsa, chorboqqa chiqib, yolgʻiz uxlashlariga ruxsat bermayman. Garchi oʻsha voqeadan keyin kerakli marosimlar qilingan boʻlsa-da, chorbog‘ bekasi u yerdan butkul ketib qolganiga ishonmayman. U oilamizning boshqa aʼzolarini qoʻrqitishini aslo istamasd

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!