IBRATLI HIKOYA

Bir kuni farishtalar bekorchi boʻlib, bir ermak qidirib qolishibdi. Shunda ulardan biri: - Keling, odamzoddan biror nimasini oʻgʻirlab olib, yashirib qoʻyamiz, - debdi.
Farishtalar uzoq tortishib, odamdan baxtni oʻgʻirlashga kelishib olishibdi. Lekin uni qayerga yashirish mumkin? Bir farishta taklif kiritibdi: - Yaxshisi uni eng baland togʻning eng baland choʻqqisiga yashiramiz. - Yoʻq, boʻlmaydi.Odamzod togʻning choʻqqisiga chiqa oladi.Bittasi topib olsa, qolganlari xam birpasda baxtini topishi mumkin, - debdi boshqasi. -Unda dengizning tubiga yashiramiz. - Yoʻq,boʻlmaydi. Odamzod aql-zakovatini ishlatib,dengiz tubiga xam yetib boradi. - Boshqa sayyoralarga … - Boʻlmaydi, aql-zakovati bilanu yerga xam yetib borishi mumkin.
Ular baxtni qayerga yashirish masalasida tortishib,tortishib charchaganlarida bir farishta aytib qolibdi: - Baxtni qayerga yashirishni men bilaman! Uni odamning oʻz qalbiga yashirish kerak. Shunda odamzod baxtini tashqaridan qidiraveradi, qidiraveradi. Farishtalar shunga koʻnishibdi. Shundan beri odamzod oʻzichiga nazar solish oʻrniga baxtini nuqul tashqi olamdan qidirib yurar emish.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!