📖 Hikoyalar

Eng buyuk boylik

2.6K marta oʻqildi
Eng buyuk boylik
Tabassum qilib turgan birodaring,
Yaxshilikni his ettirgan doʻsting va vujudingdagi sihhatlikdir.
🍃
Koʻnglingga balolar kelganda tabassum ila qarshila.
Shukr va sabrni oʻrganayotgan ekansan qoʻrqma!
Senga rizo maqomi yaqindir...
🍃
Baxtli boʻlish sirrini Hazrati Paygʻambar alayhis salomdan oʻrgan. Alloh taolo senga nimani bersa, oʻshanga rozi boʻl!
Boshingga kelgan dardga, baloga rozi boʻlib, oh-voh qilmasang senga oʻsha zamon jannat eshigi ochiladi.
Agar gʻam elchisi senga kelsa, uni qadrdon doʻstingdek kutib ol, uni quchoqla.
Zotan u senga begona emas, u bilan oshnoliging bor.
Sevgilingdan kelgan jafoga javoban aslo yuzingni burishtirma, uni xursandchilik bilan:
- "Marhabo, xush kelding!" - deb, kutib ol.
Uni yuzingda tabassum va tilingda shirin soʻz bilan kutib olgin ki,
koʻngil oluvchi va oʻxshashi yoʻq u borliq, yoqimsiz boʻlgan yopinchigʻini ustidan olib tashlasin va goʻzalligini oʻrtaga chiqarsin!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!