Meni yigʻlatgan hikoya

Bu hikoyani birov aytib berdi. Meni kanalimdagi "Xoshim" nomli hikoyamni oʻqigan inson aytib berdi. Eshitganda bir yigʻlaganidim. Yozib tugatguncha yana yigʻladim. Balki mening koʻnglim boʻshdir. Siz ham oʻqib koʻring azizlar!
... Qishloqda Jimi melisa laqabli sohibi uzr bor edi. Uning asli ismi Umidjon ekanini koʻpchilik janozasida bilgan. Jimi melisa doim mavsumga qaramay, pala partish kiyimda yurardi, xatto qaxraton qishda bitta futbolkada, yozning saratonida esa egniga fufayka, oyogʻiga ipli botinka kiyib olardi. Xindlarning oʻsha vaqtlardagi "Tansor disko" filmidagi Jimining qoʻshigʻini chuchuk tili bilan "ayaama disto tansho" deb aytib yurishidan, film qaxramoni Jimiga oʻxshab, qalin sochini orqaga tarab, ungga taqlid qilishidan Jimi laqabini olgan edi. Tol xodasidan yoʻnib GAInikiday zebra qilib olgan tayoqchani koʻtarib, katta yoʻlda eski melisa furashkada hushtak chalib, tartibtalab boʻlganidan uni "Jimi melisa" deb chaqirishardi.
Baʼzi paytlar katta yoʻl yoqasidagi maktabdan oʻqishdan qaytayotgan kichkina bolakaylarni koʻrib qolsa, xushtak chalib, tayoqchasini koʻtarib yoʻlni oʻrtasiga chiqib mashinalarni toʻxtatatardi. Yoʻlning boshqa tomoniga oʻtkazib qoʻyardi. Besunaqay gavdasiga bir oyogʻini sal sudrab yurar, kallasi oʻng tomongga sal qiyshaygan, ogʻzidan oqib turgan yelni kuylagining yengiga artaverganidan qotirsoq boʻlib ketgan, koʻzlari olayganroq boʻlsa-da, koʻzlaridagi mehr sezilib turadigan Jimini koʻpchilik ustidan kulib, masxaralab oʻtar, oʻtganda ortidan tosh, kesak otib kulgu qilishardi. Devonasifat boʻlsa-da, aqli unchalik zaif emas edi. Yaxshi yomonni ajratardi, mehribon, ezgu ishlari koʻp edi.
Jimi melisa buvisi bilan yashar edi. Otasi u tugʻilganida onasi bilan ajrashib ketishgan va boshqa boshqa turmush qurishgan edi. Bolani nogironlar internatiga beraman deganda kampir koʻnmadi, "sangga kerak boʻlmasa, man boqaman, uvolidan qoʻrqaman" deb dodlab olib qoldi. Jimi ulgʻayib kampirga koʻmakchi boʻlib qoldi. Qishloqdagi maktab, qishloq va kasalxona oshxonalaridan meva, poliz poʻchoqlarini olib kelib, kampirning qoʻylarini boqardi.
Ashulalarni oʻzi bilganicha chuchuk tilida xirgoyi qilib ishlashini koʻrib kampir ichida pinhona ezilib yigʻlab olardi. "Otam bolam, meni otam!"-deb erkalab qoʻysa tamom Jimi xursand boʻlib oʻyingga tushar, kampirni quchoqlab "onash onasham" deb quvonardi. Keyin qoʻliga uzuk taqqan qiliqni qilib "Keyinchak apte mangga" ( Kelinchak olib kel mangga) deb uylanishni talab qilib erkalanar, kampir battar ezilib, "qoʻylarimiz, pullarimiz koʻp boʻlsin, zoʻr qizga uylantiraman otam bolam" deb qoʻyardi. Shunda Jimi rosa zavq bilan ovozini boricha qax qax urib kulardi.Davomi:Qishloqdagi toʻyu maʼrakalarda doim dastyor edi, xatto oʻtin yorishda ungga teng keladigani yoʻgʻidi. "Yasha Jimi, malades Jimi" deyishgan sari zavqi kelib ishlardi. Baʼzan masjidga borib, orqa safdagi bolalarning ichiga kirvolib, jim maʼruza eshitib oʻtirardi. Biror yosh bola kulsa yoki qiliq qilsa, Jimi boshini sarak-sarak qilib, koʻrsatkich barmogʻini labining ustiga koʻndalang qoʻyib, "tshshsh! " deb, ularni tinchlantirardi.
Masjiddan chiqib hammani oyoq kiyimini ketish yoʻliga toʻgʻrilab, qariyalarni xassasini qoʻliga ushlatardi. Katta ulamolar, qariyalarning qoʻlini oʻpib, yuziga surtardi. Kimdir uning boshini silab duo qilsa, kimdir jirkanib qoʻlini tortardi. Jimi eʼtibor qilmasidi, lekin ogʻringani bilinib turardi. Masjidda u toʻgʻrida ixtiloflar boʻlib "tahorati buzilib yuradi, kirmasin"degan eʼtirozlarga qori domla "indamanglar, xudoning erkatoyi u, gunohi mangga" deb keskin nuqta qoʻyganidi.
Jimi 28 yoshida kanalga tushib oqib ketayotgan 5 yoshli bolani qutqarib, oʻzi choʻkib, halok boʻldi. Oʻsha kuni namozshomga yaqin toʻgʻondan oʻligini topib olib kelishdi. Jimini olib kelishganda koʻrgan hamma hayratga tushdi. Tavba, shunaqanggi xushsurat, istarali goʻzal yigitga aylangan, sochlari yaltirab, ajoyib jilmayib turardi. Janozaga kelgan qori domla "aytuvdimu, bu bola farishta" deb, deya xoʻngrab yigʻlab yubordi. Kampirning dodi butun qishloqni larzaga soldi. "Har kuni mangga kuyov bola boʻvolib, toʻy-toʻy oʻynaydigan bolam-a"..."Chimildiq koʻrmagan bolam-a"... "Saldat boʻlaman, armiyaga ketaman, seni tashlab deb zarda qilib qoʻrqitadigan bolam-a,
tashlab ketting rostana" degan faryodi hammani yigʻlatdi. Keyinggi xotini bilan boshqa joy olib koʻchib ketgan otasi kelganlarga boshini egib, "bandalik ekan" deb bilinar bilinmas sohta ingrab qoʻyishdan boshqaga yaramadi. Janozaga koʻpchilik yigʻildi. Tobuti qabristongacha qoʻlma-qoʻl oqib bordi. Birinchi marta uni koʻchada birov xaydamadi, turtmadi, ortidan tosh otmadi. Kampir ikkita katta qoʻchqorni birini sotib, ikkinchisini soʻyib maʼrakalarini oʻtkazdi.
Oradan yillar oʻtib kampir ham omonatini topshirdi. Janozaga kelganlar kampirning uyidagi Jimining melisa shapkasi, ola tayoqchasi, yuvib, dazmollangan kiyimlarini koʻrib hayratga tushishdi.
Ha azizlar bunday farishtasifat odamlar hozir hamma qishloqlarda bor, hamma davrda yashab oʻtgan. Ularni turtmang, masxara qilmang. Qoʻlingizdan kelsa arzimagan narsa bilan koʻnglini koʻtaring. Rostanam ularni xudoning erkatoylari deyishadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!