📖 Hikoyalar

Qongʻiroq

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Qongʻiroq
Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga toʻgʻri keldi.
Uylanganimga uch yil boʻlibdiki, ayolim va oʻgʻlimdan uzoqda boʻlishga oʻrganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim.
Ular ham shunday.
Shuning uchun chet elga yetib borishim bilan uyga qoʻngʻiroq qildim. Lekin qoʻngʻirogʻimga kimsa javob bermadi. Uch kun ichida telefonim qoʻlimdan tushmadi. Har oʻn besh - yigirma daqiqada qoʻngʻiroq qilaverdim. Javob boʻlmasdi. Aqldan oza yozdim. Akam, opamga bogʻlanib uyimdagilardan xabar olishlarini iltimos qildim. Ular hammasi joyida ekanligini bildirishdi. Ishonmadim.

Nima uchun javob berishmaydi unda? Qaynonam bilan bogʻlandim. Xotirjam boʻlishimni tayinladi. Ayolimga qoʻngʻirogʻini kutayotganimni aytib qoʻyishini bildirdi.
Lekin ayolim qoʻngʻiroq qilmadi.

Bu uch kun xuddi uch oydek oʻtdi, goʻyo. Gohi gʻazabim kelar, gohi uning bu ishini tushnishga aqlim yetmay qolardi. Xayolimga xar xil boʻlmagʻur fikrlar keldi. Kunlar oʻtib, shahrimga qaytdim. Vatanimga uchoq qoʻnishi bilan uyim tomon shoshildim. Xavotirim kuchliligidan bir qoʻlim bilan qoʻngʻiroqni bosar, biri bilan eshikni qatiq - qatiq qoqardim.

Ayolim eshikni ochdi. Hayratim oshdi. U pardoz - andozini qilib, orasta liboslarda, har doimgidek xotirjam, chiroyli kutib oldi. Orqasidan oʻgʻlim chiqib, quchogʻimga olishimni kutib sakrardi!
Men esa, qotib qolgan, uning bu ishining sababini bilmas edim. Bu qiligʻidan gʻazab tuyar, tinch ekanliklaridan xursand, ayni jahl va hayrat orasida edim.
Undan:
- Nimaga bunday qilding? Men safarimni oxirigacha kutmay qaytmoqchi boʻldim. Har xil xayolga bordim axir?! Nima qiliq bu? - dedim.
U:
- Onangizga qoʻrgʻiroq qildingizmi? - dedi. Gapiga tushunmadim.
- Gapingga tushunmadim. Yoʻq, yoʻq, yoʻq, men seni onang bilan bogʻlandim. Sizlar haqingizda xabar olish uchun, - dedim. U:

- Shu uch kun ichida qalbingizdan nimalar oʻtganini oʻzingiz bildingiz. Mana shu hislar, onangizda ham bor. Siz ularga kunlab qoʻngʻiroq qilmaysiz. Ovozlarini eshitmaysiz. Ular sizni sogʻinib, qidirib qolsalargina bogʻlanasiz. Ularni ham sogʻinch ezadi. Uzoq yoʻqlamay qolsangiz, ular ham xal xir xayolga boradilar. Sizga nechi marta tanbeh berdim! Foydasi boʻlmadi. Oxiri bu safaringiz menga qoʻl keldi. Meni toʻgʻri tushuning, azizim, - dedi.

Aqli menda koʻp ayolimdan xijolat boʻlib boshimni egdim. U menga ulkan, unutilmas saboq bergandi.

U moshina kalitini qoʻlimga berib, qulogʻimga:
- Jannatingiz sizni kutmoqdalar! - deb pichirladi.
Men mehribon onajonim tomon qanot qoqdim.
Dono ayolimdan juda minnatdor boʻldim. Soʻnggi pushmon bilan qolishimdan oldin koʻzlarimni ochib qoʻydi.

Shunday zakiy, dono ayolim borligiga shukur!
Uni tarbiyalagan onasiga ming tashakkur!
Shunday kelinni tanlagan onamga cheksiz rahmat!

Gʻaflatdan uygʻotgan, Oʻz rahmatini yogʻdirgan Robbimga shukur!

Xulosa

💠 Mening, sizning onalarimiz - bu dunyodagi jannatimizdirlar. Telefon orqali boʻlsa ham, ulardan har kuni xabar olishni unutmang!
💠 Ularning qalblari har lahza bizni qoʻmsaydi, bizni oʻylaydilar. Bizni bezovta qilishdan, jerkib berishmizdan qoʻrqib, qoʻngʻiroq qilmaydilar.

💠 Eringiz, ayolingizga onalar hayotning xazinasi, dunyoning jannati ekanliklarini his qildiring, oʻrgating! Ularga yaxshilik qilishdan bir - biringizni toʻsmang!
💠 Ayollaringizga ota - onalariga soliha farzand boʻlishlarida koʻmaklashing! Bu yaxshiligingiz zoye ketmaydi!
💠 Hech narsa foyda bermaydigan yaqin daqiqa, yaqin kunlarda oʻz bolalaringizdan qaytadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!