Pishirishsiz shokoladli chizkeyk

Chizkeyk deserti hattoki shirinlikni hush koʻrmaydiganlar uchun ham maʼqul desert. Eʼtiboringizga tez tayyorlanadigan, nozik va mazali chizkeyk retseptini taqdim etamiz. Dasturxon davrasida shirin suhbat va issiq choy bilan tanavvul qilish uchun ajoyib tanlov!
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash usuli:
1. Saryogʻni eriting. Pechenyani blender yordamida ushoqlang. 20 gramm eritilgan shokolad, yarim banka nutella, saryog', pechenyani birlashtiring. Aralashtiring.
2. Tayyorlangan massani pastki qismi ochiq qolipga, zichlab soling. Ushbu retsept kabi aloxida kichik qoliplarda tayyorlashingiz ham mumkin. Krem tayyorlangunga qadar qoliplarni muzlatgichga qoʻying.
3. Chizkeyk asosini tayyorlashga kirishing. Pishloqni shakar bilan aralashtiring. Qolgan nutella qismini soling. Qaymoqning yarim qismini koʻpirtirib soling. Barcha masalliqlarni blender idishida birlashtiring, oʻrta tezlikda aralashtiring.




4. Tayyorlangan massani maxsus konditer qolipiga soling va qolipdagi korj ustiga chiqaring. Ushbu usul bilan desert yanada chiroyli va ishtaxa ochar koʻrinishga ega boʻladi.
5. Tayyor desertni 1 soatga muzlatgichga qoʻying. Belgilangan vaqt oʻtib, chizkeykni yalpiz bargi va qulupnoy mevasi bilan bezating.
6. Nozik va mazali desertni darhol issiq choy yoki qaxva bilan yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 250 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
- 200 gramm nutella
- 100 gramm shakar
- 1 choy qoshiq vanilin
- 500 gramm tez ushoqlanadigan pechenya
- 100 gramm saryog'
- 250 gramm qaymoq
- 50 gramm shokolad
Tayyorlash usuli:
1. Saryogʻni eriting. Pechenyani blender yordamida ushoqlang. 20 gramm eritilgan shokolad, yarim banka nutella, saryog', pechenyani birlashtiring. Aralashtiring.
2. Tayyorlangan massani pastki qismi ochiq qolipga, zichlab soling. Ushbu retsept kabi aloxida kichik qoliplarda tayyorlashingiz ham mumkin. Krem tayyorlangunga qadar qoliplarni muzlatgichga qoʻying.
3. Chizkeyk asosini tayyorlashga kirishing. Pishloqni shakar bilan aralashtiring. Qolgan nutella qismini soling. Qaymoqning yarim qismini koʻpirtirib soling. Barcha masalliqlarni blender idishida birlashtiring, oʻrta tezlikda aralashtiring.



4. Tayyorlangan massani maxsus konditer qolipiga soling va qolipdagi korj ustiga chiqaring. Ushbu usul bilan desert yanada chiroyli va ishtaxa ochar koʻrinishga ega boʻladi.5. Tayyor desertni 1 soatga muzlatgichga qoʻying. Belgilangan vaqt oʻtib, chizkeykni yalpiz bargi va qulupnoy mevasi bilan bezating.
6. Nozik va mazali desertni darhol issiq choy yoki qaxva bilan yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!