🍰 Shirinliklar

Shakarli mastika

7.1K marta oʻqildi
Shakarli mastika
Tortlarni bezashda va tort ustiga oʻyinchoqlar yasash uchun ajoyib tanlov. Tayyorlangan mastikaga har xil oziq-ovqat rangidan qoʻshib, oʻyinchoq, gullar yasab tortni bezashda foydalanish mumkin.

Kerakli masalliqlar:
  • 250 gramm shakar kukuni
  • 2 choy qoshiq jelatin
  • 6 choy qoshiq suv
  • 1 choy qoshiq glyukoza
Tayyorlash usuli:
1. Shakar kukunini aloxida idishga soling.

2. Jelatinni qogʻozida koʻrsatilgan vaqt boʻyicha uyuting.

3. Jelatin uyutilgan idishni suv xammomiga qoʻying. Erigandan soʻng, glyukozani soling va extiyotkorlik bilan aralashtiring. Tayyorlangan massa yaltiroq boʻlishi lozim.

4. Shakar kukuni solingan idish oʻrtasiga chuqur qiling va glyukozali massani quying. Yaxshilab aralashtiring.

5. Tayyorlangan mastikani oziq-ovqat paketiga soʻng, esa idishga soling va 3-4 soatga xona haroratida qoldiring.

6. Belgilangan vaqt oʻtib, tayyor mastikadan koʻzlangan maqsadda foydalaning.
Shakarli mastikaShakarli mastikaShakarli mastikaUshbu retseptda tort ustini bezash uchun foydalanilgan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!