🍰 Shirinliklar

Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort

4.4K marta oʻqildi
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort
Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Shuningdek, kechki ovqatdan soʻng ham nozik desert oʻrnini egallashi mumkin. Tayyorlanishi oddiy boʻlgan tort dasturxon davrasida hech kimning eʼtiboridan chetda qolmasligi aniq.

Kerakli masalliqlar:
  • 1-2 stakan un
  • 1 choy qoshiq ichimlik sodasi
  • 0,5 stakan shakar
  • 0,2 choy qoshiq tuz
  • 4 osh qoshiq kakao kukuni
  • 4-5 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi
  • 2 choy qoshiq vanilin ekstrakti
  • 1,5 stakan sut
  • 1 stakan qaymoq
  • 4 osh qoshiq shakar
  • 90 gramm eritilgan sutli shokolad
Tayyorlash usuli:
1. Un, kakao kukuni, ichimlik sodasi, shakar va tuzni birlashtirib, aralashtiring.
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort2. Vanilin, oʻsimlik yogʻi va sutni quying. Bir xil massa hosil boʻlgunga qadar aralashtiring.

3. Qizdirib, yog' surtilgan tovaga xamirdan 1/4 qism quying.
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort4. Xamirda yumaloq sharchalar hosil boʻlishi bilan blinchikni ikkinchi qismiga aylantiring.
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort5. Blinchiklar pishirilgandan soʻng butunlay sovuting. Qaymoq va shakarni birlashtirib, koʻpirtiring. Blinchikga qaymoqni surting. Shu ketma-ketlikda tortni yigʻing.
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort6. Tort ustidan eritilgan shokoladni sepgandek quyib chiqing. Hohishingizga koʻra mevalar bilan bezating.
Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort7. Issiq qaxva tayyorlang va blinchikli tort bilan dasturxonga torting.Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.