Oʻzbekcha Paxlava

Eʼtiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali boʻlgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning eʼtiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan soʻng shak-shubxasiz desert oʻrnini egallashi turgan gap.
Kerakli masalliqlar:
1. Birinchi navbatda xamir qoring. 300 gramm saryog' va unni ushoqlang. 3 dona tuxum sarigʻi, smetana, ichimlik sodasini solib, xamir qoring. Xamirni 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
2. Belgilangan vaqt oʻtib, xamirni teng 8 qismga boʻling.
3. Paxlava asosini tayyorlang. Yongʻoqni maydalang. Yongʻoq, 4 dona tuxum oqi va shakarni birlashtirib, aralashtiring.

4. Har bir xamir boʻlagini yupqa qilib yoying.
5. Xamirni pishirish qolipiga soling. Tayyorlangan asosdan solib, tekislang. Qolgan asos qismi va xamirni shu ketma-ketlikda takrorlang.
6. Oxirgi qavat xamir boʻlishi lozim. paxlavani kesib chiqing. Tuxum sarigʻi bilan surting va yongʻoq boʻlaklari bilan bezating. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiring.
7. Paxlava tayyor boʻlishiga 5-10 daqiqa vaqt qolganda eritilgan 50 gramm saryog' va asal aralashmasi bilan quyib chiqing. Qolgan vaqt oʻtgunga qadar pishirishda davom eting.
8. Tayyor paxlavani butunlay sovuting va issiq choy bilan yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!
Kerakli masalliqlar:
- 350 gramm saryog'
- 300 gramm smetana
- 4 dona tuxum
- 4 stakan un
- 1 choy qoshiq ichimlik sodasi
- 2,5 stakan shakar
- 2 stakan yongʻoq
- 2 osh qoshiq asal
1. Birinchi navbatda xamir qoring. 300 gramm saryog' va unni ushoqlang. 3 dona tuxum sarigʻi, smetana, ichimlik sodasini solib, xamir qoring. Xamirni 1 soatga muzlatgichga qoʻying.
2. Belgilangan vaqt oʻtib, xamirni teng 8 qismga boʻling.
3. Paxlava asosini tayyorlang. Yongʻoqni maydalang. Yongʻoq, 4 dona tuxum oqi va shakarni birlashtirib, aralashtiring.
4. Har bir xamir boʻlagini yupqa qilib yoying.
5. Xamirni pishirish qolipiga soling. Tayyorlangan asosdan solib, tekislang. Qolgan asos qismi va xamirni shu ketma-ketlikda takrorlang.
6. Oxirgi qavat xamir boʻlishi lozim. paxlavani kesib chiqing. Tuxum sarigʻi bilan surting va yongʻoq boʻlaklari bilan bezating. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiring.
7. Paxlava tayyor boʻlishiga 5-10 daqiqa vaqt qolganda eritilgan 50 gramm saryog' va asal aralashmasi bilan quyib chiqing. Qolgan vaqt oʻtgunga qadar pishirishda davom eting.
8. Tayyor paxlavani butunlay sovuting va issiq choy bilan yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!