Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari koʻp va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yongʻoq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa boʻladi.
Kerakli masalliqlar:
1.Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalang.
2. Smetanaga ichimlik sodasi solib, aralashtirib, soʻng xamir va margarin aralashmasiga quying. Aralashmadan xamir qoring va u 4 ta zuvalaga ajratib oling. 15 daqiqaga sovutgichga qoʻying.
3. Rogalik xamiri sovugach, qalinligi 0,5 sm boʻlgan aylana qilib yoying. Uning diametri taxminan 25-28 sm boʻlishi lozim.
4. Har bir xamir doirasi 8 boʻlakda kesing. Hosil boʻlgan boʻlakchalarga bir tekis qilib murabbo surting yoki uning eng keng qismiga yongʻoqli yoki boshqa qattiq nachinkani soling.
5. Endi xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik oʻrang, u biroz taqa shaklida qilib bukiladi.
6. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga rogaliklarni tering. Oldindan 190-210 °C darajada qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida pishiring.
7. Tayyor boʻlgan rogaliklarni sovuting, soʻng ustidan shakar upasi seping. Pishiriq tayyor, yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Kerakli masalliqlar:
- Un – 3 stakan (400 g);
- Smetana – 1 stakan (200 g);
- Margarin – 250 g;
- Isteʼmol sodasi – yarim choy qoshiq;
- Shakar upasi.
1.Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalang.
2. Smetanaga ichimlik sodasi solib, aralashtirib, soʻng xamir va margarin aralashmasiga quying. Aralashmadan xamir qoring va u 4 ta zuvalaga ajratib oling. 15 daqiqaga sovutgichga qoʻying.
3. Rogalik xamiri sovugach, qalinligi 0,5 sm boʻlgan aylana qilib yoying. Uning diametri taxminan 25-28 sm boʻlishi lozim.
4. Har bir xamir doirasi 8 boʻlakda kesing. Hosil boʻlgan boʻlakchalarga bir tekis qilib murabbo surting yoki uning eng keng qismiga yongʻoqli yoki boshqa qattiq nachinkani soling.
5. Endi xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik oʻrang, u biroz taqa shaklida qilib bukiladi.
6. Pergament qogʻozi yozilgan pishirish qolipiga rogaliklarni tering. Oldindan 190-210 °C darajada qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida pishiring.
7. Tayyor boʻlgan rogaliklarni sovuting, soʻng ustidan shakar upasi seping. Pishiriq tayyor, yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
- Rogalikning asosi qurib qolmasligi uchun uning ikki chetini qatlab qoʻying, u ochiq qolmasligi krak. Shuningdek u yopilmasa, suyuqroq murabbo oqib chiqib ketishi ham mumkin.
- Xamir yumshoq, shu bilan birga qoʻlga yopishmaydigan konsistentsiyada boʻlmogʻi lozim.
- Imkon boʻlganda, margarin oʻrniga sariyog’ ishlatish ham mumkin, bu pishiriqning taʼmini yanada mazali qiladi.
- Agar asos oʻrnida qoʻllamoqchi boʻlgan murabbo juda suyuq boʻlsa, unga biroz un qoʻshib, aralashtirib yuboring.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!