🍰 Shirinliklar

Kokos-bananli keks

2.3K marta oʻqildi
Kokos-bananli keks
Yaqinlaringizni hushboʻy va mazali shirinlik bilan mexmon qilmoqchimisiz? U holda eʼtiboringizga nozik va mazali keks retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
260 gramm un
1 stakan shakar
1 choy qoshiq vanilin shakari
1/2 stakan kokos yogʻi
2 dona tuxum
1/2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiqdan ichimlik sodasi va qabartma
100 gramm gilos, 100 gramm banan (2 dona)
1/2 stakan kokos strujkasi

Tayyorlash usullari:
1. Birinchi navbatda quruq masalliqlarni birlashtiring : un, ichimlik sodasi, qabartma, vanilin shakari. Aralashtiring.
Kokos-bananli keks2. Tuxum va shakarni yengil, oppoq massa holigacha koʻpirtiring. Kokos yogʻini quying va aralashtiring.
Kokos-bananli keks3. Gaz pechini 180 darajada qizdiring. Tuxumli massaga banan pyuresi, gilos va quruq tovada qovurilgan kokos strujkasini soling. Unli massani soling va bir xil massa hosil boʻlgunga qadar aralashtiring.
Kokos-bananli keks4. Pishirish qolipini yumshatilgan saryog' bilan surting. Surtilgan saryogʻni un bilan qoplang.
Kokos-bananli keks5. Tayyorlangan qolipga xamirni quying va tekislang. Qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida pishiring. Keks tayyorligini tish pichogʻi bilan tekshiring.
Kokos-bananli keks6. Belgilangan vaqt oʻtib, mazali keksni sovuting va hohishingizga koʻra bezating. Nozik va mazali keksni dasturxonga torting.
Kokos-bananli keksYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.