🌿 Salomatlik

Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari

1 daqiqa 4K marta oʻqildi
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari
Sogʻlom turmush tarziga oid istalgan maqolada ozish uchun sport bilan shugʻillanish lozimli haqidagi soʻzlarga koʻzimiz koʻp tushadi. Sport bilan uygʻunlashtirilgan foydali taomnoma esa natijalarning yanada samarali boʻlishiga olib kelishi tayin. Buning uchun kaloriyalar hisobi va qaysi mashgʻulot qancha kaloriya sarf etishga koʻmaklashishini bilib olish kerakdir.

Kaloriya - inson organizmi taom orqali oladigan va harakatlari tufayli sarf etuvchi quvvat birligidir. Har bir mahsulot maʼlum miqdordagi kaloriyaga ega. Inson tanasi badanning meʼyoriy haroratini ushlab turish, qon bosimi va boshqa yumushlar uchun tananing har bir killogrami hisobiga soatiga 1 kilokaloriya sarf etadi.Inson organizmi harakatlanish uchun quvvatni quyidagi manbalardan qabul qiladi:
1. Kun davomida isteʼmol qilingan ovqat

Koʻp hollarda bu organizmning meʼyoriy holatini ushlab turishga sarflanadi.
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari2. Yog’ toʻqimalarining parchalanishi
Bu ozishni maqsad qilgan insonlarning asosiy istagi boʻlib, yog’ toʻqimalarining parchalanishiga jismoniy mashqlar va toʻgʻri taomlanish tartibi orqali erishiladi.
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari3. Mushaklarning parchalanishi
Afsuski tana baʼzan quvvatni yog’ toʻqimalaridan emas, mushaklardan oladi va bunda mushak toʻqimalari parchalanadi, yogʻlar esa oʻz oʻrnida qolaveradi.
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullariInson xatto uhlayotgan holatida ham kaloriya sarflaydi. Istalgan turdagi jismoniy faollik esa kaloriyalar sarflanishini kuchaytiradi. Bu borada sizga kaloriyalar jadvali koʻmak beradi.

Kaloriyalarning sarf etilishiga doir yana bir qancha omillar boʻlib, jismoniy mashqlarni bajarishga kirishishdan avval ularni inobatga olib qoʻyish lozim. Toza havoda oʻtkazilgan mashgʻulot koʻproq kaloriya yoʻqolishiga yordam beradi.
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullariBaland boʻyli ozgʻin insonlar, toʻladan kelgan insonlarga nisbatan tezroq kaloriya yoʻqotadilar. Yaxshi kayfiyat ham kaloriyalarning jadal sarflanishiga olib keladi.
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!