🍛 Taomlar

"Mitti joʻjacha" gazagi

2.4K marta oʻqildi
"Mitti joʻjacha" gazagi
Nozik va juda ham ajoyib gazak! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
  • 100 gramm qattiq pishloq
  • 200 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
  • 80 gramm tuzlangan lasos baligʻi
  • 1 dona sabzi (pishirilgan)
  • 1 bog' ukrop
  • 12 dona yumaloq qalampir
  • 6 dona kreker pechenyasi

Tayyorlash usuli:

1. Qattiq pishloqni qirgʻichning kichik tomonidan chiqaring.
"Mitti joʻjacha" gazagi2. Bir idishga tvorogli pishloq, mayda toʻrgʻalgan ukrop, sarimsoq, mayda toʻrgʻalgan baliq, qirgʻichdan chiqarilgan pishloqning yarim qismini birlashtiring.
"Mitti joʻjacha" gazagi3. Birlashtirilgan masalliqlarni blenderda aralashtiring. Bir xil massa hosil boʻlgunga qadar.
"Mitti joʻjacha" gazagi4. Tayyorlangan massadan katta yongʻoq hajmida yumaloq shakllar yasang. Shakllarni qirgʻichdan chiqarilgan pishloqga yumalating.
"Mitti joʻjacha" gazagi5. Shariklarni kreker pechenyasi ustiga terib chiqing.
"Mitti joʻjacha" gazagi6. Sabzi yordamida joʻjacha oyoqlari, toji, burun shaklini kesing. Yopishtirib chiqing. Qalampir yoki gvozdika ziravoridan koʻzlar yopishtiring.
"Mitti joʻjacha" gazagi7. Goʻzal va nozik gazakni dasturxonga torting.
"Mitti joʻjacha" gazagiYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!