🍛 Taomlar

Tuxumli buterbrod

3.8K marta oʻqildi
Tuxumli buterbrod
Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun maʼqul boʻladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
2 dona buterbrod bulochkasi
2 dona tuxum
2 dona yupqa kesilgan kolbasa boʻlagi
Pishloq
2 choy qoshiq tuz va ziravorlar
Tuxumli buterbrodTayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda gaz pechini 180 darajada qizdirishga qoʻying. Bulochka ustidan yupqa qopqoq kesing, ichki qismini extiyotkorlik bilan ajrating. Tayyorlangan kovakga birinchi kolbasa boʻlagini, bir donadan tuxumni soling. Taʼbga koʻra tuz va ziravorlar seping.
Tuxumli buterbrod2. Qirgʻichdan chiqarilgan pishloqni seping va bulochka qopqogʻini yoping.
Tuxumli buterbrod3. Bulochkalarni aloxida-aloxida folga qogʻoziga oʻrang. Qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiring.
Tuxumli buterbrod4. Belgilangan vaqt oʻtib, tayyor va mazali buterbrodlarni dasturxonga torting. Folga qogʻozi bilan dasturxonga tortishingiz ham mumkin.
Tuxumli buterbrodYoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!